O`zb tarix 11 узб indd


Onalar va bolalar salomatligi muho-



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Onalar va bolalar salomatligi muho-
fazasi
. Respublikada onalar va bolalar
sog‘lig‘ini muhofaza qilishga katta aha-
miyat berilmoqda. “Bolalikdan nogironlar
tug‘ilishining oldini olish uchun yangi
tug‘ilgan chaqaloqlarni hamda homilador
ayollarda tug‘ma va boshqa patalogiyani 
barvaqt aniqlash bo‘yicha “Ona va bola 
skriningi” Davlat tizimini tashkil etish 
to‘g‘risida” 
Vazirlar 
Mahkamasining 
maxsus qarori qabul qilinganligi bu soha rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yilda “2009–2013-yil-
larda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola
tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish bora-


58
sidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tad-
birlari dasturi to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra, sog‘liqni 
saqlash sohasini isloh qilish va shu sohada sifat o‘zgarishlarini amalga 
oshirishni ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirildi. Bolalarni yuqumli 
kasalliklarga qarshi emlash darajasi qariyb 100 foizni tashkil etdi. 
Barcha viloyatlar markazlarida kattalar va bolalar uchun ko‘p tarmoqli 
tibbiyot markazlari, har bir tumanda eng zamonaviy tibbiyot asbob-
uskunalari bilan jihozlangan qishloq vrachlik punktlari faoliyati yo‘lga 
qo‘yildi. Bugungi kunda respublikamizda 3000 ga yaqin Qishloq vrachlik 
punkti (QVP) faoliyat ko‘rsatmoqda.
2016-yil O‘zbekistonda “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili” deb e’lon 
qilindi. 2016-yilda chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, birinchi 
navbatda, xotin-qizlar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy sharoitlar 
yaratish, qishloq aholisini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’minlash, 
xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasidagi ishlar izchil davom 
ettirildi.
O‘tgan yillar mobaynida yurtimizda aholining o‘rtacha umr ko‘rish 
darajasi ham sezilarli ravishda ortib bordi. Bu boradagi umumiy ko‘rsatkich 
1990-yilda 67 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilda 74 yoshni tashkil etdi. 
Jumladan, erkaklar o‘rtasidagi o‘rtacha umr ko‘rish 66 yoshdan 70 yoshga, 
ayollar o‘rtasida esa 72 yoshdan 76 yoshga uzaygani odamlar salomatligini 
muhofaza qilish va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-
tadbirlarning aniq va yaqqol natijasi sifatida baholash o‘rinli bo‘ladi.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin