131
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-sentabrda
Birlashgan
Millatlar Tashkiloti Bosh
Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘z-
ladi. Unda bir qator masalalar, jumladan,
BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi
xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va
Bosh Assambleyaning “Ma’rifat
va diniy
bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus
rezolyutsiyasini qabul qilish, Markaziy
Osiyoda suv
resurslaridan oqilona foyda-
lanish, Orol dengizi qurishi muammosi,
qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘sh-
nichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari, Afg‘onistonda tinchlikka
erishishning ma’rifi y yo‘llari masalalariga alohida to‘xtaldi.
O‘zbekiston va YuNESKO.
O‘zbe-
kistonning BMT homiyligidagi ta’lim,
fan va madaniyat bilan shug‘ullanuvchi
xalqaro tashkilot – YuNESKO bilan aloqa-
lari tobora mustahkamlanib bormoqda.
1993-yil 29-oktabrda YuNESKOning Parij-
dagi qarorgohida O‘zbekistonni YuNESKO-
ga a’zolikka qabul qilish marosimi bo‘ldi.
O‘sha kuni Mirzo Ulug‘bek
tavalludining
600 yilligini nishonlash YuNESKO dasturiga kiritildi. 1994-yil oktabrda
Parijda Mirzo Ulug‘bek haftaligi tantana bilan o‘tdi. Xiva va Buxoro
YuNESKOning jahon madaniy qadriyatlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu ro‘yxatda
O‘zbekistondan 411 ta obyekt bor. YuNESKO qaroriga binoan Samarqandda
Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. YuNESKO Bosh
Sh.Mirziyoyev BMT minbaridan
Orol
dengizi xaritasini
namoyish qilmoqda
YuNESKO logosi
Yodda tuting
!
2017-yil O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro
hamkorligi doirasida 21 ta oliy darajadagi tashrif, 60 ta davlat va xalqaro
tashkilotlar
bilan uchrashuv, 400 dan ortiq kelishuv va 60 mlrd AQSh
dollari hajmidagi kelishuvlarga erishildi.
132
direktori Federiko Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida,
1995-yil iyul oyida mazkur institut ochildi. YuNESKO buyuk bobokalonimiz
Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror
qildi va 1996-yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan bir haftalik
xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri
YuNESKOning madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. 1997-yilda jahon
madaniyatining durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining
2500 yillik muborak sanalari
Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman
va ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Keyingi yillarda bu hamkorlik doirasi yanada
kengayib bordi. Jumladan, YuNESKO
xalqimizning Shashmaqom, Katta
Ashula, Navro‘z kabi ko‘pgina ming yillik qadriyatlarini saqlab qolish va
targ‘ib etishda keng ko‘lamli ish olib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: