136
22-mavzu.
O‘zbekistonning mintaqaviy tashkilotlar doirasida
ko‘ptomonlama hamkorligi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi
. O‘zbekiston tashqi siyosatining
diqqat markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi mamlakatlar
bilan o‘zaro teng manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo‘ldi. Negaki,
sovet davrida hukm surgan boshqaruvning markazlashtirilgan ma’muriy-
buyruqbozlik usuli, mustabidlik siyosati sobiq
ittifoq tarkibiga kirgan
mamlakatlarni iqtisodiy jihatdan bir-biriga shunday bog‘lab qo‘ygan
ediki, natijada ular o‘zaro qaramlik domiga tushib qolgan edilar. Shuning
uchun sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan yosh mustaqil davlatlar
buni chuqur his qilar va mavjud qiyinchiliklar hamda iqtisodiy inqirozdan
chiqishning, mustabid siyosat asoratidan qutulishning birdan-bir yo‘li –
bir yoqadan bosh chiqarib, harakat qilish edi. Ana shu nuqtayi nazardan
ham O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi g‘oyasini qo‘llab-
quvvatladi.
1991-yil 8-dekabrda Belorus, Rossiya va
Ukraina rahbarlari Minskda
uchrashib Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos soldilar. 1991-yil
21-dekabrda Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘izis-
ton, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va
Ukraina davlatlari
boshliqlari Almatida uchrashib, Mustaqil Davlatlar
Hamdo‘stligiga a’zo bo‘lib kirdilar. Shu tariqa XX asrning muhim
voqealaridan biri sodir bo‘ldi – MDH ixtiyoriy iqtisodiy uyushma yuzaga
keldi. Shundan buyon MDHning bir necha yig‘ilishlari o‘tkazildi, ko‘p
hujjatlar qabul qilindi. Ularning bari uzoq yillar bir davlat bo‘lib kelgan
mamlakatlararo
iqtisodiy, madaniy, harbiy va boshqa aloqalarni yangi
sharoitlarda – mustaqil davlatlararo munosabatlar tarzida davom ettirishga
qaratildi.
1993-yil yanvarda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining navbatdagi
Kengashida MDHning Nizomi qabul qilindi. 1993-yil dekabrda Ashxabod
shahrida MDH davlatlari boshliqlarining Kengashi bo‘lib,
unda Gruziya
MDHga a’zo etib qabul qilindi. Shu munosabat bilan MDHning tarkibi
12 davlatga yetdi. 1994-yil oktabrda Moskvada o‘tkazilgan MDH davlat
boshliqlarining Kengashida Davlatlararo iqtisodiy qo‘mita (DIQ) tuzildi.
DIQning shtab-kvartirasi Moskva shahri etib belgilandi. 1996-yilda
137
MDHning bayrog‘i qabul qilindi. MDHning raisi lavozimi navbat bilan
bir davlat rahbaridan keyingi davlat rahbariga o‘tadi.
MDHning asosiy
maqsadlarini amalga oshirish uchun hamdo‘stlik davlatlari o‘zaro
munosabatlarida davlat suverenitetini o‘zaro tan olish va hurmat qilish, teng
huquqlilik va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik, iqtisodiy kuch
yoki boshqa tazyiq uslublarini qo‘llashdan voz kechish kabi qoidalarga
rioya qilish majburiyatlarini olganlar. 2004-yil sentabr oyida Qozog‘iston
poytaxti Ostonada bo‘lib o‘tgan MDHning sammitida
terrorizmga qarshi
kurash bo‘yicha MDHning “Xavfsizlik Kengashi”ni tuzishga qaror qilindi.
2005-yil avgustda Turkmaniston MDHning rasmiy a’zosi darajasidan
chiqib, hamdo‘stlikning tashkiliy a’zosi – kuzatuvchi maqomini oladi.
2008-yilning avgust oyida Gruziya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidan
chiqish haqidagi istagini bildirdi va 2009-yilning avgust oyidan Gruziyaning
MDHga a’zolik ma’qomini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
Bugungi kunda MDHning tarkibiga 10 ta a’zo davlat: Rossiya, Ukraina,
Belorus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon,
Armaniston, Moldova va bitta kuzatuvchi Turkmaniston kiradi.
MDHning 1993–2013-yillardagi xaritasi.
Dostları ilə paylaş: