127
bormoqda. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Samarqand davlat
chet tillari institutida Koreys tili va madaniyati markazlari faoliyat olib
bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respub-
likasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 2017-yilning
noyabrida
Koreya Respublikasiga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga tarixiy burilish yasovchi
davlat tashrifi bo‘ldi. Oliy darajadagi muzokaralarda o‘zaro hamkorlikning
keng ko‘lamli masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy,
ilmiy-texnikaviy,
madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarni yanada
rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan
bitimlar imzolandi.
O‘zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol,
tashabbuskor va
pragmatik tashqi siyosiy kurs olib borishni hamda yuzaga kelayotgan xavf-
xatarlarga o‘z vaqtida va adekvat javob choralari orqali yechishni talab
etadigan XXI asrning o‘ta shiddat bilan o‘zgarib borayotgan xalqaro-siyosiy
voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda. Bular O‘zbekistonning
jahon hamjamiyati bilan mustahkam aloqada bo‘lganligidan, har tomonlama
manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirib borayotganidan dalolat beradi.
Xalqaro hamkorliklar doirasida qabul qilingan hujjat va kelishuvlarni o‘z
vaqtida to‘liq bajarish maqsadida 40 ta “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va xori
-
jiy hamkorlarimiz bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston tashqi siyosatida yangi industrial rivojlanayotgan mam-
lakatlar bilan yaqin munosabatlar va hamkorlik o‘rnatish hamda rivoj-
lantirishga ham katta e’tibor berilayotir. Bunday davlatlar toifasiga to‘la
ma’noda Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarini kiritish mumkin. Janubi-
sharqiy Osiyoning O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatidagi o‘ziga xos
o‘rni
shu bilan belgilanadiki, bu mintaqa o‘nta rivojlanayotgan mamlakatni
o‘z ichiga oladi. Ular orasida ijtimoiy-iqtisodiy hayot darajasi va rivojlanish
sur’atlari bo‘yicha Indoneziya, Malayziya, Singapur va Tailand kabi
mamlakatlar ajralib turadi. Ularning mustamlaka muteligidan qutulgandan
so‘ng to‘plagan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar
borasidagi tajribasi
yangi mustaqil mamlakatlar uchun asqatishi mumkin.
O‘tgan davr mobaynida davlat va hukumat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib
o‘tgan rasmiy uchrashuvlar natijasi o‘laroq, o‘zaro anglashuv, do‘stlik va
128
?
hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma va bitimlarga erishilib, ular davlatlararo
munosabatlarga mustahkam poydevor yaratdi. Bularning barchasi O‘zbe-
kiston Respublikasi va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida savdo-
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik
muvaffaqiyat bilan ravnaq topishiga xizmat qildi.
Dostları ilə paylaş: