64
Bugungi kunda respublikadagi barcha oliy o‘quv yurtlarida turli
millatga mansub talabalar tahsil oladi. Dunyoning kamdan-kam
mamlakatlarida kuzatiladigan yana bir holat shuki, O‘zbekistonda ta’lim
7 tilda olib boriladi. Bular sirasiga o‘zbek va qoraqalpoq tillaridan tashqari
rus, qozoq, turkman, tojik va qirg‘iz tillarini kiritish mumkin. Teleradio
ko‘rsatuv va eshittirishlar 12
tilda efirga uzatilmoqda, gazeta va jurnallar
10 dan ortiq tillarda chop etilmoqda. Bu O‘zbekistonda millatlararo
totuvlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Millatlararo munosabatlarda yangi davr
.
Bugun respublika hudu-
dida yashovchi 130 dan ortiq millat va elat vakillari uchun O‘zbekiston
Konstitutsiyasi millatlararo totuvlikni mustahkamlash, barqarorlik va taraq-
qiyotni ta’minlashning kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
tashabbusi bilan qabul qilingan 2017–
2021-yillarda O‘zbekiston Respublika-
sini rivojlantirishning besh ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strate-
giyasida mamlakatimizda millatlararo
totuvlikni ta’minlash masalasiga alohida
e’tibor qaratilgan. Mamlakatimizda tinch-
lik
niyanada mustahkamlash, millatlararo
barqarorlikni
yuksaltirish
maqsadida
2017-yil 19-mayda O‘zbekiston Respub-
likasi Prezidentining «Millatlararo muno-
sabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan
do‘stlik aloqalarini
yanada takomillash-
tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi far-
moni qabul qilindi. Farmonga muvofiq,
Baynal-milal madaniyat markazi negi-
zida Millatlararo munosabatlar va xorijiy
mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari
qo‘mitasi tashkil etildi. Bu esa, o‘z
navbatida, mamlakatimizda faoliyat
yuritayotgan milliy madaniy markazlar hamda do‘stlik jamiyatlarini
qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishida davlat idoralari
Millatlararo
munosabatlar va xorijiy
mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari
qo‘mitasi
.
«Do‘stlik» bog‘idagi
Shomahmudovlar oilasi haykali
65
va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishda
mustahkam tayanch bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: