66
gazetalar nashr etilib, televideniye va radioda diniy mavzularda maxsus
ko‘rsatuv va eshittirishlar olib borilyapti. O‘zbekistonda din davlatdan,
siyosatdan ajratilgan, ammo xalqdan ajratilgan emas. Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi «Din ishlari bo‘yicha qo‘mita» dindorlar ehtiyojlarini qondirishga
ko‘maklashib kelmoqda. 2007-yilda Islom Hamkorligi tashkilotining ta’lim,
fan va madaniyat masalalar bo‘yicha tuzilmasi – AYSESKO tomonidan
«Toshkent – Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilindi. Bu O‘zbekiston
davlatini dinga bo‘lgan munosabatining natijasidir.
Aholisi ko‘p millatli bo‘lgan O‘zbekistonda islomdan tashqari
xristianlik, yahudiylik, buddaviylik va boshqa konfessiyalarga e’tiqod
qiluvchi kishilar ham bor. Ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali mamlakatda
millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglik sohasida olib borilayotgan
izchil davlat siyosati turli millat hamda barcha diniy konfessiya
vakillarining emin-erkin yashashlari uchun mustahkam asos yaratdi.
1991-yil davlatning vijdon erkinligi va dinga oid siyosatini belgilab
beruvchi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni qabul
qilindi. Uning qabul qilinishi islom diniga va boshqa dinlarga e’tiqod
qiluvchi fuqarolarning hayotida muhim o‘rin egalladi.
1992-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan
Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi.
Qo‘mita tarkibida diniy konfessiyalar bilan ishlash uchun maxsus tashkil
etilgan sho‘ba ish boshlaganidan so‘ng, respublika hududida joylashgan va
diniy faoliyat yuritayotgan barcha tashkilotlar haqida ma’lumotlar to‘plana
boshlandi.
1998-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri qabul
qilindi. Mazkur qonunda fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligi bilan
bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-ravshan belgilab qo‘yildi.
Dostları ilə paylaş: