42
Shveysariya, Hindiston, Turkiya, Saudiya
Arabistoni, Janubiy Koreya, Singapur
singari ellikka
yaqin mamlakatlari bilan
bevosita havo yo‘llari orqali bog‘landi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» avia-
kompaniyasi tarkibida 11 ta (Toshkent,
Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch,
Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon,
Farg‘ona, Navoiy)
zamonaviy aero-
portlar jahon andozalari darajasida modernizatsiya qilindi. 2017-yilda Islom
Karimov nomi berilgan Toshkent xalqaro aeroporti Markaziy Osiyodagi yirik
xalqaro aeroportlardan biri hisoblanadi. Buxoro, Samarqand va Urganch
aeroportlari xalqaro aeroport maqomini oldi.
O‘zbekiston layneri.
O‘zingizni sinang!
Xalqaro aeroport – bu ...
2018-yil – bu ... 2016-yil – bu ...
Afrosiyob poyezdi – bu ...
2012-yil – bu ... 2007-yil – bu ...
!
«O‘zDAEWOO qo‘shma korxonasida
ishlab
chiqarilgan dastlabki
avtomashinalar.
Milliy avtomobilsozlik sanoatiga
asos solinishi.
1992-yil avgustda Tosh-
kentda Janubiy Koreyaning «DAE-
WOOMotors» korporatsiyasi va O‘zbe-
kistonning «Avtoqishxo‘jmash»
davlat
konserni o‘rtasida Andijon viloyati-
ning Asaka shahrida avtomobil ishlab
chiqaradigan «O‘zDAEWOO avto»
qo‘shma korxonasini qurish to‘g‘ri-
sida shartnoma imzolandi. Uning ta’sischilari etib «DAEWOOMotors»
korporatsiyasi va «O‘zavtosanoat»
uyushmasi, har ikki tarafning qo‘shma
korxonadagi ulushi teng miqdorda 50% dan iborat qilib belgilandi. Korxona
qurilishiga ilg‘or texnologiyalar, tajribali muhandislar, o‘zbekistonlik
yoshlar jalb qilindi. 1000 dan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar Janubiy Koreyaga
borib «DAEWOO»
kompaniyasida ishlab, avtomobil ishlab chiqarish
tajribalarini o‘rganib qaytdilar. 1996-yil iyulda «O‘zDAEWOOavto» qo‘sh-
ma korxonasi ochildi.
43
Bugungi kunda «O‘zavtosanoat»
AK tizimiga kiruvchi «GM Uzbekis-
tan»AJ (2007-yil), «SamAuto» (Sa-
marqand avtomobil zavodi 1999-yil),
«MAN Auto Uzbekistan» (2009),
«GM Powertrain Uzbekistan» QK
asosiy ishlab
chiqarish kompaniyalari
faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga,
O‘zbekiston avtomobil sanoatida
mahalliylashtirish
dasturini amalga
oshirish samarali yo‘lga qo‘yilishi natijasida «O‘zavtosanoat» AK tarkibida
75 dan ortiq korxonalar ishlab turibdi.
Prezident Sh. Mirziyoyevning 2017-iyundagi «Xorijiy investisiyalar
ishtirokidagi «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive»
korxonasini tashkil
MAN avtomobillari.
Dostları ilə paylaş: