O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yodda tuting
!
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘liga doir Islom 
Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil: 1.
Iqtisodning siyosatdan 
ustunligi, uni mafkuradan xoli etish. 2. Davlat bosh islohotchi va iqtisodiy 
o‘zgarishlarning tashabbuskori. 3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida 
hammaning tengligi. 4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj 
tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi. 5. Bozor iqtisodiyotiga 
bosqichma-bosqich, izchil ravishda o‘tish kabilar 
asos qilib olindi.


37
Davlat mulkini xususiylashtirish zaruriyati b
ozor iqtisodiyoti muno-
sabatlariga asoslangan jamiyatni barpo etishning asosiy shartidir. O‘zbe-
kistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g‘oyasidan voz kechildi, davlat 
mol-mulki yangi mulkdorga faqat sotish yo‘li bilangina mulkchilikning 
boshqa shakliga aylantirila boshlandi. O‘zbekiston Oliy Kengashi 1991-
yil 18-noyabrda «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
to‘g‘risida»gi qonun qabul qildi. Dastlabki bosqich xususiylashtirish 
jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish 
korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini 
qamrab oldi. O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonini tashkil 
qilish va unga rahbarlik qilish maqsadida 1992-yil fevralda Davlat mulkini 
boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis qilindi. 1994-yilda 
u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat 
qo‘mitasiga aylantirildi. Kichik xususiylashtirish 1994-yildayoq tugallandi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan 
ortiq me’yoriy hujjat qabul qilindi. 1995-yili xalq xo‘jaligida ommaviy 
xususiylashtirishlar davri bo‘ldi. 1998-yilga kelib xususiylashtirilgan korxo-
nalar tarmog‘i keskin ko‘payganligi bilan xarakterlanadi. Davlat mulkini 
xususiylashtirish yuzasidan mamlakatimizda olib borilgan katta ko‘lamdagi 
amaliy ishlar natijasida mamlakatda ko‘p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar 
sinfi vujudga keldi. 
O‘zbekiston Respublikasi bu davrda o‘z valyutasiga ega emasligi, 
muomalada esa 1961–1992-yillarda chiqarilgan rublning bo‘lganligi, ayrim 
oziq-ovqat va sanoat mahsulotlariga o‘zining tannarxiga qaraganda arzon 
narx belgilanganligi uchun ularni respublikadan tashqariga olib chiqib ketish 
avj ola boshladi va mamlakatimizda aholini asosiy iste’mol mahsulotlari bilan 
ta’minlashda qiyinchiliklar yuzaga keldi.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin