O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

To‘rtinchi bosqich
– 2016-yildan boshlandi. Prezident Shavkat Mir-
ziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivoj-
lanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga 
va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofi q, tadbirkorlikni yanada 
jadal rivojlantirishga e’tibor kuchaytirildi. 2018-yil tasdiqlangan «Faol 
tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash 
yili – davlat dasturi»da tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-xo‘jalik faoliya-
tini tekshirishga ikki yil muddatga moratoriy (to‘xtab turish) e’lon qilindi. 
Erkin va maxsus iqtisodiy zonalar yaratilishi hamda ularning 
ahamiyati. 
1996-yilda O‘zbekiston Respublikasining «Erkin iqtisodiy 
zonalar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Qonunga binoan erkin iqtisodiy 
zona deganda muayyan mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
Yodda tuting
!
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-
yilning 2-sentyabridagi qaroriga koʻra, Oʻzbekistonda 
5-sentyabrdan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar 
xorijiy valyutani hech qanday cheklovlarsiz almash-
tirishni boshladi. Bu so‘mni 
konvertatsiyalash borasida 
juda muhim qadam bo‘ldi.


50
uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv 
tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy
chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo‘lgan maxsus ajratilgan hududdir. 
Prezidentimizning 2008-yil «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy 
zona tashkil qilish to‘g‘risida»gi Farmoni asosida 
«Navoiy» xalqaro 
intermodal logistika markazi bunyod etildi. 
2013-yildagi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «Jizzax» maxsus industrial zonasini barpo 
etish to‘g‘risida»gi va «Angren» maxsus industrial zonasini barpo etish 
to‘g‘risida»gi farmonlari qabul qilindi. Mazkur farmonlar raqobatbardosh 
mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali 
ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni 
jalb etish, bu borada qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga, ishlab 
chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish, yangi ish joylarini 
yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. 
Iqtisodiy zonalar kiritiladigan investitsiya miqdoridan kelib chiqqan holda 
3 yildan 7 yilgacha muddatga bojxona va soliq to‘lovlaridan ozod etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil oktabrdagi «Urgut», 
«G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil 
etish to‘g‘risida» 2017-yil «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish 
va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonlari 
asosida, bugungi kunda (2018) mamlakatimizda 10 hududda 14 ta erkin 
iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. «Navoiy», «Angren», «Jizzax», «Urgut», 
«G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarida 62 loyiha 
amalga oshirilgan, 4 ming 600 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. Farmatsevtika 
sohasiga ixtisoslashgan «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», 
«Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo‘stonliq-farm», «Parkent-farm» sin-
gari 7 yangi erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlar olib 
borilmoqda. Prezidentning 2016-yildagi farmoniga ko‘ra «Navoiy» erkin 
industrial-iqtisodiy zonasi, «Angren» va «Jizzax» maxsus industrial zonalari 

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin