Mulohaza
!
Tadbirkorlik yo‘lidagi har qanday to‘siqlarni olib tashlash davlat rahbari
sifatida mening eng katta vazifamdir. Tadbirkor yo‘liga to‘siq bo‘lish
davlatga xiyonat sifatida qaraladi.
Shavkat Mirziyoyev
. 2017-yil 7-dekabr.
51
nomini birxillashtirish maqsadida ular bundan buyon «Navoiy», «Angren» va
«Jizzax» erkin iqtisodiy zonalar deb yuritiladigan bo‘ldi.
Soliq tizimi
.
1991-yil avgustda O‘zbekistonda eng zamonaviy shaklda,
yangi tipdagi soliq tizimi yuzaga keldi. O‘zbekiston soliq organlari 1991-
yilda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan
soliqlar to‘g‘risida»gi qonun,
2008
-yilda yangi tahrirda qabul qilingan
«O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksi» asosida ish yuritmoqda.
Tibbiyot, ta’lim va sport ob’yektlarini saqlash xarajatlari korxonalarning
soliqqa tortiladigan bazasidan chiqariladi, savdoda ilgari to‘lab kelingan
uchta to‘lov o‘rniga esa yagona soliq to‘lov joriy etildi. Rivojlangan
davlatlar tajribasi asosida fuqarolarning yillik daromadlarini Deklaratsiya
qilish tartibi joriy qilindi.
2008-yildan keyingi davrda ham mamlakatimizda kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sohasi ham barqaror rivojlandi. Xo‘jalik yurituvchi
sub’yektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik
korxonalar uchun yagona soliq to‘lovining 10 foizdan 8 foizga, 2009-yilda
7 foizga, keyinchalik ushbu ko‘rsatkichni 5 foizga tushirilishi, jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarining kamaytirilishi va ayni
paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va
xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun rag‘batlantiruvchi omillar yaratdi.
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan, soliq
solish tizimini izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani ken-
gaytirish orqali soliq yukini pasaytirish kabi vazifalar belgilangan. Ushbu
vazifalar ijrosiyuzasidan, shuningdek, soliq ma’muriyatchiligining zamo-
naviy uslublarini joriy etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yig‘i-
luvchanligini oshirish maqsadida 2017-yil 18-iyulda Prezidentning «Soliq
ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi far-
moni qabul qilindi. 2018-yil 1-yanvaridan boshlab, soliq organlari va halol
soliq to‘lovchilar o‘rtasida ularga joriy soliq solish masalalarini hal etishda
har tomonlama ko‘maklashgan holda kengaytirilgan axborot almashinuvini
ta’minlaydigan soliq nazoratining zamonaviy shakli – soliq monitoringini
joriy etish belgilandi.
|