36
Bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki davridan respublika huku-
mati va Prezidenti tomonidan bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, davlat pensiya ta’minoti, iste’molchilar
huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash haqida va boshqa
shu kabi respublika qonunlari, hukumat qarorlari va Prezident farmonlari
qabul qilindi.
Iqtisodiy islohotlarni boshqarish tizimining barpo etilishi. Bozor
infratuzilmasining shakllanishi.
Iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy
strategik maqsadi avvalo, kishilar turmushi va faoliyati uchun zarur shart-
sharoitlarni ta’minlaydigan, kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy
tizimni barpo etishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish davrining birinchi
bosqichi mustaqillik kunidan milliy valyutani muomalaga kiritishgacha
bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda ikkita asosiy vazifa hal
qilindi. Birinchidan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlari
yengib o‘tildi, tanglikka barham berildi va iqtisodiyot barqarorlashtirildi.
Ikkinchidan, bozor munosabatlarining huquqiy negizlari shakllantirildi.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning huquqiy-
iqtisodiy negizlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z ifoda-
sini topdi. Islohotlarning birinchi bosqichida Oliy Kengash tomonidan
iqtisodiyotga oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi.
Shu bilan birga
xususiylashtirish chog‘ida imtiyozlar tizimi yaratildi. Xususiylashtirilayotgan
korxona mehnat jamoasining xodimlariga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan
sotib olish imkoniyati berildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infratuzilma
obyektlari yangi mulkdorga tekinga topshirildi. Qishloq xo‘jaligi davlat
xo‘jaliklarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va uzumzorlar imtiyozli shartlar
asosida xususiylashtirildi.
Dostları ilə paylaş: