58
Mahkamasining maxsus qarori qabul qilinganligi bu soha rivojiga salmoqli
hissa qo‘shdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil iyulda «2009–2013-
yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola
tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish bora-
sidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini
oshirish chora-tad-
birlari dasturi to‘g‘risida» qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra sog‘liqni
saqlash sohasini isloh qilish va shu sohada sifat o‘zgarishlarini amalga
oshirishni ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirildi. Bolalarni yuqumli
kasalliklarga qarshi emlash darajasi qariyb 100 foizni tashkil etdi.
Barcha viloyatlar markazlarida kattalar va bolalar uchun ko‘p tarmoqli
tibbiyot
markazlari, har bir tumanda eng zamonaviy meditsina asbob-
us-kunalari bilan jihozlangan qishloq vrachlik punktlari faoliyati yo‘lga
qo‘yildi.
Bugungi kunda respublikamizda 3000 ga yaqin Qishloq vrachlik
punkti (QVP) faoliyat ko‘rsatmoqda.
2016-yil O‘zbekistonda «
Sog‘lom ona va bola yili» deb e’lon qilindi.
2016-yilda chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, birinchi navbatda,
xotin-qizlar uchun zarur ijtimoiy, maishiy
va tibbiy sharoitlar yaratish,
qishloq aholisini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmat
ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirildi.
Dostları ilə paylaş: