62
nidek, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha
millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari
hurmat qilinishini
ta’min-laydi, ularning rivojlanishi uchun sha-roit yaratadi.
Ko‘pmillatli mamlakat siyosatining asosiy maqsadi millatlararo totuvlik
va diniy bag‘rikenglikni shakllantirish
bo‘lishi zarur. Mustaqillikning ilk
kunlaridanoq milliy siyosatning o‘ziga xos yo‘li
ishlab chiqildiki, ayni shu
siyosat milliy bag‘rikenglikning barqaror rivojlanishiga zamin yaratdi.
O‘zbekistonda yashovchi turli millat vakillarining madaniy ehtiyojlarini
qondirish uchun milliy-madaniy markazlari (MMM) faoliyat yuritadi.
Dastlabki milliy-madaniy markazlar koreyslar,
qozoqlar, yahudiylar, ar-
manlar tomonidan respublika viloyatlarida 1989-yilda tashkil etilgan.
Bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq topishi O‘zbekiston
mustaqillikka erishgandan keyin boshlandi. Bu davrda ularning samarali
faoliyat ko‘rsatishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Natijada ularning soni
yil sayin ortib bordi.
Dostları ilə paylaş: