O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Savol va topshiriqlar
:
1. Millatlararo totuvlik g‘oyasini izohlang.
2. Nima deb o‘ylaysiz, nima sababdan O‘zbekistonda milliy-madaniy mar-
kaz 130 dan ortiq?
3. «Xalqaro bag‘rikenglik kuni» qaysi sanada nishonlanadi? Qo‘shimcha 
adabiyotlardan foydalanib, bu kun nega shu sanada nishonlanishini 
aniqlang.
4. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasining nechanchi yo‘nalishi millatlararo 
totuvlikka qaratilgan?
5. Respublika Baynalmilal markazining bugungi kundagi taqdiri va bu 
sohadagi o‘zgarishlar haqida gapiring.
9-mavzu. 
O‘zbekistonda konfessiyalararo munosabatlar
Dinlararo bag‘rikenglikning shakllanishi. 
SSSR davrida O‘zbekistonda 
89 masjid, 2 ta madrasa bo‘lgan, 2017-yilga qadar esa 2033 ta masjid, Islom 
universiteti, Islom instituti, 16 ta diniy konfessiyalar faoliyat yuritib keldi. 
O‘zbekiston aholisining 88 foizi islom diniga, 10 foizidan ziyodi boshqa 
dinlarga e’tiqod qiladi, 1,8 foizi hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydi. Ramazon 
hayiti, Qurbon hayiti respublika miqyosida nishonlanyapti, diniy jurnal va 
Mulohaza
!
Nima deb o‘ylaysiz, 2017 yilda Toshkentdagi «Bobur» bog‘iga «Do‘stlik» 
bog‘i nomi berilib, bog‘ning markaziga Ikkinchi jahon urushi yillarida turli 
millatga mansub yetim bolalarni asrab olgan mashhur Shomahmudovlar 
oilasi haykali ko‘chirib keltirildi. 2018 yilda mazkur haykal «Xalqlar do‘stligi 
maydoniga qaytarildi»
Atamalar izohi!
Baynalmilal
– 
(arabcha
 – 
millatlar o‘rtasidagi, millatlararo) 
Xalqaro, umuminsoniy, umumxalqiy mazmunlarida qo‘llaniladi.
Mentalitet
– (nem. – aql, idrok) Jamiyat, millat, jamoa yoki alohida 
shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi. Jamiyat, millat yoki 
shaxsning mentaliteti ularning o‘ziga xos an’analari, rasm-rusumlari, urf-
odatlari, diniy e’tiqod va irimlarini qamrab oladi.
?


66
gazetalar nashr etilib, televideniye va radioda diniy mavzularda maxsus 
ko‘rsatuv va eshittirishlar olib borilyapti. O‘zbekistonda din davlatdan, 
siyosatdan ajratilgan, ammo xalqdan ajratilgan emas. Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi «Din ishlari bo‘yicha qo‘mita» dindorlar ehtiyojlarini qondirishga 
ko‘maklashib kelmoqda. 2007-yilda Islom Hamkorligi tashkilotining ta’lim, 
fan va madaniyat masalalar bo‘yicha tuzilmasi – AYSESKO tomonidan 
«Toshkent – Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilindi. Bu O‘zbekiston 
davlatini dinga bo‘lgan munosabatining natijasidir.
Aholisi ko‘p millatli bo‘lgan O‘zbekistonda islomdan tashqari 
xristianlik, yahudiylik, buddaviylik va boshqa konfessiyalarga e’tiqod 
qiluvchi kishilar ham bor. Ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali mamlakatda 
millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglik sohasida olib borilayotgan 
izchil davlat siyosati turli millat hamda barcha diniy konfessiya 
vakillarining emin-erkin yashashlari uchun mustahkam asos yaratdi. 
1991-yil davlatning vijdon erkinligi va dinga oid siyosatini belgilab 
beruvchi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni qabul 
qilindi. Uning qabul qilinishi islom diniga va boshqa dinlarga e’tiqod 
qiluvchi fuqarolarning hayotida muhim o‘rin egalladi.
1992-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan 
Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. 
Qo‘mita tarkibida diniy konfessiyalar bilan ishlash uchun maxsus tashkil 
etilgan sho‘ba ish boshlaganidan so‘ng, respublika hududida joylashgan va 
diniy faoliyat yuritayotgan barcha tashkilotlar haqida ma’lumotlar to‘plana 
boshlandi.
1998-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri qabul 
qilindi. Mazkur qonunda fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligi bilan 
bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-ravshan belgilab qo‘yildi.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin