74
o‘rta ta’limning to‘qqiz yillik etib belgilanishi munosabati bilan to‘qqiz
yillik
maktabni tugatgan barcha o‘quvchilar ta’lim olishni o‘rta maxsus yoki kasb-
hunar kollejlarida ta’lim olishni davom ettirdilar. Bu yangi ta’lim tizimiga
bosqichma-bosqich o‘tildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1-bosqichi
(1997–2001) doirasida amalga oshirildi. Shu davr mobaynida 300
ga yaqin
yangi turdagi ta’lim muassasalari ochildi. Oliy o‘quv yurtlari qoshida
46 ta litsey tashkil etildi, 800 ga yaqin o‘quvchi chet ellarda ta’lim oldi,
ko‘pgina o‘qituvchilar xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish
maqsadida chet mamlakatlarga borib qaytdi. O‘rta maxsus ta’lim
sohasida
viloyatlarda, joylarda biznes mak-
tabi, kichik va o‘rta maktab uchun
kasb-hunar
kurslarining ochilishi, bozor
iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan
holda, yangi mutaxassislik (fermer,
soliq va bojxona xodimi,
audit va
hokazo) lar kiritildi.Unga binoan,
yurtimizda 1997-yildan boshlab ho-
zirga qadar 1400 dan ortiq kasb-hunar kolleji, 200 ga yaqin akademik litsey
bunyod etildi. Ular sohalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar va oliy ta’lim
muassasalariga ham biriktirilishi tufayli bu bosqichda o‘quv jarayoni
samarali
tashkil etilib, kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlanishiga e’tibor
qaratilganiga qaramay, bu borada qoniqarli natijaga erishilmadi.
Dostları ilə paylaş: