76
5. Nima sababdan 12 yillik ta’limdan 11 yillik tizimga o‘tildi?
6. Quyidagi jadvalda har bir davrga xos xususiyat va jarayonlarni yozing.
1991–1997-yillarda
umumta’lim
1997–2017-yillarda
ta’lim
2017-yildan keyin
ta’lim
11-mavzu.
Oliy ta’lim va undan keyingi ta’limning takomillashtirilishi
Oliy ta’lim tizimi
.
1992-yil martda viloyatlardagi pedagogika institut-
lari negizida Andijon Davlat universiteti, Buxoro Davlat universiteti, Termiz
Davlat universiteti, Urganch Davlat universiteti,
Qarshi Davlat universiteti
tashkil qilindi. Prezidentning 1992-yil fevraldagi farmoni bilan yana sakkizta
viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi.
Eng zamonaviy ixtisosliklar bo‘yicha alohida universitet va institutlar,
jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy kon-
metallurgiya
instituti, Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya,
Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya
akademiyasi kabi o‘nlab yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi.
Toshkent
davlat elektrotexnika va aloqa texnikumi institutga aylantirildi.
1993-
yil
«O‘zbekistonda
o‘quvchi-yoshlarni
rag‘batlantirish
choralari
to‘g‘risida»gi talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi.
Mamlakat qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan va zamonaviy bilimlar
sohibi bo‘lgan yuqori malakali oliy va o‘rta maxsus ta’lim olgan mutaxassis
kadrlarni Toshkent Davlat Agrar universiteti, Andijon, Samarqand
Qishloq xo‘jaligi,
Qarshi Muhandislik iqtisodiyot, Toshkent Irrigatsiya va
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti ish boshladi. Mamlakat
viloyatlarida oliy universal ta’limni joriy
etishda rivojlangan
davlatlar tajribasiga
suyanib ish tutildi.
1992-yil dastlab respublikamizning
6 ta oliy ta’lim muassasasida test si-
novi asosida o‘qishga qabul qilish
tajribadan o‘tkazilgan edi. 1993-yilda
esa 46 ta oliy ta’lim
muassasa-
larining 19 tasida tajriba tariqasida test
Test natijalarning e’lon qilinishi.
77
sinovlari o‘tkazildi. 1994
-yil Davlat test markazi tashkil etilib, shu yildan
boshlab oliy ta’lim muassasalariga test orqali qabul joriy etildi. 1996-
yildan ta’lim olishda kontrakt-shartnoma to‘lovi joriy etildi. 1997-yilgi
«Talim to‘g‘risida»gi qonunga muvofi q 5 yillik oliy ta’limdan 4
yillik
bakalavriat va 2 yillik magistratura bosqichlaridan iborat ikki pog‘onali
tizimga o‘tildi.
Shuningdek, Prezidentning 2013-yildagi «Yuridik kadrlar tayyorlash
tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofi q yuridik
Dostları ilə paylaş: