Atamalar izohi :
Konfessiya – (lot. – tan olish, e’tirof etish) Diniy ishonch, e’tiqod;
shu bilan birga mazhab mazmuniga ega tushuncha.
Tolerantlik – (lot. – sabr-toqat, chidam, bardosh) O‘zgalarning fi kr-
g‘oyalari, e’tiqodi, his-tuyg‘ulari, turmush tarzi va xulq-atvoriga nisbatan
sabr-toqatli bo‘lish, beparvo qarash; bag‘rikenglik.
Seminariya – 1) Boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari tayyorlaydigan
maxsus o‘quv yurti; 2) xristian cherkovlari uchun ruhoniylar tayyor-
laydigan o‘quv yurti.
?
Savol va topshiriqlar :
1. Bugungi kunda O‘zbekistonda qancha diniy tashkilotlar mavjud?
2. Konfessiyalararo munosabatlar deganda nimani tushundingiz?
3. Diniy bag‘rikenglikni kafolatlaydigan huquqiy-me’yoriy hujjatlarni sa-
nang.
4. Diniy bag‘rikenglik tamoyillarini sanab bering.
5. 2017-yilning o‘zida mamlakatimizda amalga oshirilgan diniy siyosat
tadbirlarini sanab bering.
Buni o‘qing !
«Bugungi sessiya ishtirokchilariga BMT Bosh
Assambleyasining «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik»
deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul
qilish taklifi bilan murojaat qilmoqchiman. Bu
hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta’lim olish
huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga
barham berishga ko‘maklashishdan iborat. Ushbu
rezolyutsiya bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni
qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod
qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning
kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan».
Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqidan .