O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

2017-yilgi islohotlar
. 2017-yil umumta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar 
ta’limi tizimida tub islohotlar yili bo‘ldi. Xalq qabulxonalari va Prezidentning 
virtual qabulxonasiga tushgan taklif va mulohazalar, shuningdek, respublika 
maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma 
natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 
9+3, ya’ni 12-yillik majburiy ta’limdan 11-yillik ta’limga qaytildi. 
2017-yilning o‘zida 10-sinf o‘quvchilari uchun 9 mln. nusxa dars-
liklar chop etildi va 10 mingga yaqin umumta’lim maktabida 
11-yil-lik ta’limga o‘tilgan holda o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
1998-2016 yillarda O’zbekistonda 
bunyod etilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi muassasalari.
Mulohaza

Nega? 11 yillik ta’limga o‘tish bo‘yicha so‘rovnoma natijasi ota-
onalarning 70 foizidan ortiq qismi 11 yillik ta’lim qayta tashkil etilishi 
tarafdori ekanini ko‘rsatdi. 
143 ta
1412 ta
28 ta
Kasb-hunar kollejining fi liallari
Kasb-hunar kolleji
Akademik litsey


75
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy
bo‘g‘inidir. Maktabgacha taʼlim, 6–7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchasida 
va boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi. Mutaxassislarning ilmiy 
xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot 
va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois, 
bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha 
tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi. 
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish, moddiy-texnika ba-
zasini mustahkamlash, maktabgacha 
ta’lim muassasalari tarmog‘ini ken-
gaytirish, malakali pedagog kadrlar
bilan ta’minlash maqsadida O‘zbe-
kiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
2017-yil 30-sentabrda «Maktabgacha 
ta’lim tizimini boshqarishni takomil-
lashtirish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim 
vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston maktabgacha 
ta’lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, 
viloyatlarning maktabgacha ta’lim boshqarmalari va ularning shahar va 
tumanlardagi bo‘limlari kiradi.
Na’munali MTM xonasi.
Yodda tuting
!
2017-yilga kelib O‘zbekistonda 4916 ta maktabgacha ta’lim 
muassasalari faoliyat yuritmoqda. Oxirgi 20 yil davomida bog‘chalar soni 
45%ga kamaygan. Ayni damda bog‘chaga borayotgan bolalar umumiy 
bolalar sonining 30% ni tashkil qiladi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin