O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Savol va topshiriqlar
:
1. 1992–1997-yillardagi ta’lim tizimining keyingi yillardagisidan farqli 
jihatlarini sanab bering.
2. Uzluksiz ta’limni rivojlantirish omillari nimalardan iborat?
3. O‘zbekistonda pedagog kadrlar tayyorlash masalalarining mohiyati nima?
4. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi» qonuni va uning 
mazmun-mohiyati nimalardan iborat?
?


76
5. Nima sababdan 12 yillik ta’limdan 11 yillik tizimga o‘tildi?
6. Quyidagi jadvalda har bir davrga xos xususiyat va jarayonlarni yozing.
1991–1997-yillarda 
umumta’lim
1997–2017-yillarda 
ta’lim
2017-yildan keyin 
ta’lim
11-mavzu.
 Oliy ta’lim va undan keyingi ta’limning takomillashtirilishi
Oliy ta’lim tizimi

1992-yil martda viloyatlardagi pedagogika institut-
lari negizida Andijon Davlat universiteti, Buxoro Davlat universiteti, Termiz 
Davlat universiteti, Urganch Davlat universiteti, Qarshi Davlat universiteti 
tashkil qilindi. Prezidentning 1992-yil fevraldagi farmoni bilan yana sakkizta 
viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi.
Eng zamonaviy ixtisosliklar bo‘yicha alohida universitet va institutlar, 
jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy kon-
metallurgiya instituti, Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, 
Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya 
akademiyasi kabi o‘nlab yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi. Toshkent 
davlat elektrotexnika va aloqa texnikumi institutga aylantirildi. 
1993-
yil 
«O‘zbekistonda 
o‘quvchi-yoshlarni 
rag‘batlantirish 
choralari
to‘g‘risida»gi talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. 
Mamlakat qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan va zamonaviy bilimlar 
sohibi bo‘lgan yuqori malakali oliy va o‘rta maxsus ta’lim olgan mutaxassis 
kadrlarni Toshkent Davlat Agrar universiteti, Andijon, Samarqand 
Qishloq xo‘jaligi, Qarshi Muhandislik iqtisodiyot, Toshkent Irrigatsiya va
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti ish boshladi. Mamlakat 
viloyatlarida oliy universal ta’limni joriy 
etishda rivojlangan davlatlar tajribasiga 
suyanib ish tutildi.
1992-yil dastlab respublikamizning 
6 ta oliy ta’lim muassasasida test si-
novi asosida o‘qishga qabul qilish
tajribadan o‘tkazilgan edi. 1993-yilda 
esa 46 ta oliy ta’lim muassasa-
larining 19 tasida tajriba tariqasida test 
Test natijalarning e’lon qilinishi.


77
sinovlari o‘tkazildi. 1994
-yil Davlat test markazi tashkil etilib, shu yildan 
boshlab oliy ta’lim muassasalariga test orqali qabul joriy etildi. 1996-
yildan ta’lim olishda kontrakt-shartnoma to‘lovi joriy etildi. 1997-yilgi
«Talim to‘g‘risida»gi qonunga muvofi q 5 yillik oliy ta’limdan 4 yillik 
bakalavriat va 2 yillik magistratura bosqichlaridan iborat ikki pog‘onali 
tizimga o‘tildi.
Shuningdek, Prezidentning 2013-yildagi «Yuridik kadrlar tayyorlash 
tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofi q yuridik 

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin