O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

2017-yilgi tub islohotlar
. 2017-yil 10 yildan ortiq vaqt mobaynidagi 
tanaffusdan keyin, davlat va jamiyatdagi malakali kadrlarga bo‘lgan ehti-
yojlar inobatga olinib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi 
bilan sirtqi ta’lim tizimi tiklandi, maxsus sirtqi ta’lim takomillashtirildi.
2017-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining «Respublika oliy 
ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini 
takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga muvofi q, 
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, 
san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, musiqiy ta’lim, san’atshunoslik, 
sport va jismoniy tarbiya sohasidagi 
ta’lim yo‘nalishlarida test sinovlari bo‘l-
maydi. Masalan, O‘zbekiston davlat kon-
servatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at va 
madaniyat instituti, Kamoliddin Behzod 
nomidagi Milliy rassomlik va dizayn 
instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya 
instituti va alohida iqtidor talab etadigan 
ta’lim yo‘nalishlariga faqat ijodiy imtihonlar 
orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.
Tibbiyotga oid oliy ta’lim tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi. 
Jumladan, tibbiyot sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 
7 yildan 6 yil va tibbiy profi laktika yo‘nalishida 6 yildan 5 yil etib belgilandi
.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
. 2012-yilga qadar aspirantura (3 yil) va 
doktarantura (3-yil)dan iborat bo‘lib, 2012–2017-yillarda bir bosqichli 
doktarantura faoliyat olib bordi. 2013–2017-yillar oralig‘ida faqat 360 
Yodda tuting
!
Test sinovlari shaffof va haqqoniy o‘tishini ta’minlash maqsadida ushbu 
tizimni takomillashtirish hamda abituriyentlar, ota-onalarga yengilliklar 
tug‘-dirish maqsadida mavjud tizimni isloh qilish talab etildi. 2018/2019 
o‘quv yilidan boshlab, test jarayonini bir kunda emas, 15 kun davomida 
o‘tkazish, natijasini esa imtihonning ertasiga e’lon qilish vazifalari qo‘yilgan.
Pavilionda o‘tkazilayotgan test 
sinovi.


80
ga yaqin tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bu esa 
respublikadagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari uchun oliy malakali 
ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondira olmadi. Oliy 
o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiy-
tadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish 
imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida hamda bir qator ilg‘or xorijiy 
mamlakatlarning xalqaro amaliyotini o‘rgangan holda 2017-yilning 
1- iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali 
tizimi joriy etildi. Birinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan 
tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda 
tutuvchi tayanch doktorantura va ikkinchisi – dissertatsiya himoya qilish va 
tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini 
berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimidir.
?

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin