O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yodda tuting
!
1996-yil «Kamolot» yoshlar jamg‘armasi tuzildi. 2001-yil bu jam-
g‘arma «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatiga aylantirildi. 2017-yil maz-
kur harakat faoliyati tugatilib, «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi» tashkil etildi.
Yoshlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi
. Millat kelajagi 
ham ma’nan, ham jismonan baqquvat yoshlar qo‘lida. O‘zbekiston aho-
lisining 60 foizdan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. 
Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrdanoq yosh avlod ta’lim-
tarbiyasi, salomatligiga katta e’tibor berib kelinmoqda. Bu dolzarb masala 
davlat siyosatining eng muhim ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi, ta’lim sohasidagi jahon andozalariga mos islohotlar, 
aholi salomatligini saqlashga qaratilgan beqiyos ishlarning zamirida ham ana 


92
shunday mushtarak maqsadlar mujassam. 1991-yil noyabrda «O‘zbekiston 
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi 
qonun qabul qilindi. 1997-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
iqtidorli yoshlarning chet ellarga o‘qishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 
«Umid» jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida farmoni e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yildagi «O‘zbekiston 
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining qabul qilinishi mam-
lakatimizda yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fi krlaydigan, zamonaviy 
ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol 
avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. 
Ushbu qaror ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni, 
jumladan, qizlarni intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yanada 
keng sharoitlar yaratishga qaratilgan. 
Mustaqillik yillarida yosh iqtidorli qizlarning adabiyot, madaniyat, san’at, 
fan va ta’lim yo‘nalishlarida o‘z iste’dodini, salohiyat va qobiliyatlarini 
namoyon etishlariga imkoniyat yaratib bergan O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1999-yilda qabul qilingan «Zulfi ya nomidagi davlat 
mukofotini ta’sis etish bo‘yicha taklifl arni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi 
farmoni jamiyat hayotida yetuk mutaxassislar, yetakchi va iqtidorli qizlarning 
shakllanishiga zamin yaratdi.
80 nafarga yaqin xotin-qizlarning mumtoz qo‘shiqchilik, akademik 
ijro, estrada, opera, balet, cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy ijrochilik, raqs 
yo‘nalishlarida «Nihol» mukofoti bilan taqdirlangani tom ma’noda ularga 
ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin