O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yodda tuting
!
2017-yilga kelib 14 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan qizlardan iborat 
«Zulfi ya» mukofoti sovrindorilarning soni 200 dan oshdi.
Harbiy xizmatning yoshlar uchun mustahkam hayotiy prinsiplar, harbiy 
xizmatni tugatayotgan yoshlarni rag‘batlantirishning ahamiyatini, ularning 
o‘qishni davom ettirishi va mamlakat oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi 
uchun imtiyoz va sharoitlar yaratishni e’tiborga olib, 2005-yilda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari 


93
safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan 
imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 
qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi 
Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolar 
uchun respublika oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda test sinovlarida 
to‘planadigan eng ko‘p ballning 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ball 
shaklidagi imtiyoz berish belgilandi.
Istiqlol yillarida yoshlarning har tomonlama yetuk, barkamol voyaga 
yetishi uchun mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Xususan, 23 ta qonun 
va 100 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotga izchil 
tatbiq etilmoqda. Bundan tashqari, yillarga nom berishda ham yoshlarning 
manfaatlari alohida e’tiborga olindi. Xususan, 2000-yil «Sog‘lom avlod 
yili», 2001-yil «Onalar va bolalar yili», 2008-yil «Yoshlar yili», 2010-yil 
«Barkamol avlod yili», 2014-yil «Sog‘lom bola yili», 2016-yil «Sog‘lom 
ona va bola yili», deb e’lon qilinib, yaxlit chora-tadbirlar dasturlari amalga 
oshirilgani fikrimiz tasdig‘idir.
Yoshlarga e’tiborning kuchayishi
. 2016-yil «Yoshlarga oid davlat siyo-
sati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Unga 
ko‘ra, 30 yoshgacha bo‘lgan barcha toifadagi shaxslar yoshlar ekanligi 
qayd etilgan. 
«
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonunning qabul 
qilinishi mamlakatimizda yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
mustahkamlashga, yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda 
davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar mas’uliyatini kuchaytirishga, 
ushbu sohada sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-
tadbirlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Prezidentimizning 2017-yil iyuldagi 
«Yoshlarga oid davlat siyosati samara-
dorligini oshirish va O‘zbekiston Yosh-
lar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvat-
lash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq,
mamlakatimizdagi barcha harbiy akademik 
litseylarga «Temurbeklar maktabi» nomi
berildi. Yoshlarni yanada rag‘batlanti-
rish maqsadida «Mard o‘g‘lon» muko-


94
foti ta’sis etildi. Shu yil sentabrda o‘quvchilarning aniq fanlarning yuksak 
marralarini zabt etishiga ko‘maklashish, axborot-kommunikatsiya texno-
logiyalari sohasidagi iqtidorlarini aniqlash hamda qobiliyatlarini ro‘yobga 
chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlan-
tirish vazirligi tasarrufi da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlash-
tirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab (Al-Xorazmiy maktabi) tashkil
etildi. Ushbu maktabga o‘quvchilar 5-sinfdan boshlab yozma va og‘zaki 
sinov natijalariga ko‘ra tanlov asosida qabul qilinadi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin