O`zb tarix 11 узб indd


O‘zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosati asoslarining



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

O‘zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosati asoslarining 
ishlab chiqilishi. 
Hozirda xalqaro hamjamiyat mustaqil O‘zbekiston diplo-
matiyasining dastlabki qadamlari, Markaziy Osiyodagi mavqeyi, mintaqa 
xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni alohida ekanini tan olmoqda. O‘zbekiston 
tashqi siyosatining ma’naviy yo‘nalishi, insonparvarlik, oshkoralik, qadr-
qimmat o‘z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o‘z 
taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lishdir. Shu bois istiqlol yillarida mamlakatimiz 
133 davlat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatgan, Toshkentda 45 
ta xorijiy davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsulxona, 11 ta xalqaro 
tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat olib bormoqda.
Mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizning xavfsizligi, barqarorligi 
va taraqqiyoti ko‘p jihatdan xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarning 
Mulohaza
!
O‘zbekiston Prezidenti 2018-yil yanvarda mamlakat tarixida 
ilk bor O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari bilan ochiq 
muloqot shaklidagi yig‘ilishni o‘tkazdi. Nima deb o‘ylaysiz, buning 
zarurati nimada?


112
yo‘lga qo‘yilishi bilan bog‘liq edi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat 
tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Vazirlar Mahkamasining 
1992-yil may oyidagi «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 
faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi qarori va 1994-yil mart oyida 
qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini 
takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorlari asosida shakllantirildi. 1996-yil 
«O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari 
to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 
2012-yil sentabrda O‘zbekiston Respublikasining «Tashqi siyosiy 
faoliyati konsepsiyasi» e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Tashqi 
siyosiy faoliyati konsepsiyasi – bu davlat tashqi siyosatining prinsiplari va 
strategik ustuvor yo‘nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad va vazifalarini, 
istiqbolda O‘zbekiston milliy manfaatlarini ilgari surish mexanizmlarini 
belgilab beradigan qarashlarning yaxlit tizimidir. 
Mazkur Konsepsiyada Markaziy Osiyo mintaqasiga alohida e’tibor 
qaratilgan va «O‘zbekistonning hayotiy muhim manfaatlari shu mintaqa 
bilan bog‘liq» ekanligi rasman e’tirof etilgan. Unda Markaziy Osiyo 
o‘zining muhim geosiyosiy joylashuvi va mineral xomashyo resurslarining 
ulkan zahiralariga ega ekanligi tufayli jahon miqyosida kuchli e’tibor 
ob’yektiga, yirik davlatlarning strategik manfaatlari to‘qnashadigan hududga 
aylanib borayotgani ta’kidlangan. Shuningdek, dunyoning yirik davlatlari 
tomonidan mintaqada olib borilayotgan o‘zaro raqobat inobatga olinib, 
«Markaziy Osiyo muammolari tashqi kuchlarning aralashuvisiz, mintaqadagi 
davlatlarning o‘zlari tomonidan yechilmog‘i zarur», degan fi kr bayon etilgan. 
Konsepsiyada O‘zbekistonning tinchliksevar siyosat yuritishi, harbiy-siyosiy 
bloklarda ishtirok etmasligi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy 

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin