O‘zbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lug‘atlar bilan tanishish. O‘zbek tilining izohli lug‘atida berilgan biologiyaga oid so‘zlar izohi bilan tanishish


Badiiy asar tahlili (ixtiyoriy). O‘qilgan badiiy asarni “Idrok



Yüklə 117,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix16.12.2023
ölçüsü117,88 Kb.
#183794
1   2   3   4   5   6
1-2-3-4-5

Badiiy asar tahlili (ixtiyoriy). O‘qilgan badiiy asarni “Idrok 
xaritasi” innovatsion
 
Badiiy asar tahlili 
Tahlil va talqin tushunchalari
, ularning tushunish jarayonidagi 
nisbati haqida. Badiiy asarni tushunish jarayonidagi obyektiv va subyektiv jihatlar 
haqida. Kontekstual va immanent tahlil. Tahlil metodlari. Adabiyotshunoslikda 
tahlil va talqin tushunchalari juda keng qo`llanilib, ular badiiy asarni tushunish 
jarayonining bir-biriga bog’liq jihatlaridir. Badiiy asarni tushunish, uning mazmun 
mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt hozirdir. Tahlil 
atamasi odatda ilmda “analiz” deb yuritiladigan istilohning sinonimi sifatida 
tushuniladi. Analiz esa, ma’lumki, butunni anglash uchun uni qismlarga ajratishni, 
qismning butun tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan aloqasi 
butunlikning yuzaga chiqishidagi o`rnini o`rganishni ko`zda tutadi. Ayrimlar badiiy 
asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da, “uni qismlarga ajratish jonsiz tanaga 
aylantirishdan boshqa narsa emas” degan qarashga tayanib, tahlilga qarshi 
chiqadilar. Biroq bu xil qarash asossizdir. Zero, adabiyotshunoslikdagi tahlil ham – 
o’qish, faqat bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o’qish tushuniladi. Bu xil 
o’qish jarayonida tadqiqotchi badiiy 
asarni qismlarga ajratarkan
, uning badiiyat 
hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi o`quvchi ongi va ruhiyatiga ta’sir qilayotgan, 
uning u yoki bu tarzda tushunilishiga asos bo`layotgan omillarni o`rganadi. Talqin 
atamasini biz “interpretatsiya” istilohining sinonimi sifatida tushunamiz. Talqin 
badiiy asarni sharhlash, uning mazmun mohiyatini, undagi badiiy konsepsiyani 
idrok etish demakdir. Keng ma’noda “talqin” so’zi o’zga tomonidan aytilgan gap 
yoxud yozilgan asar (ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va h.) mazmunini anglash, uni 
ma’lum yaxlitlikda tushunish va tushuntirish (adabiyotshunosning maqsadi 
tushunishning o`zigina emas, tushuntirish (adabiyotshunosning maqsadi 
tushunishning o`zigina emas, tushuntirish hamdir) ma’nolarini anglatadi. 


Yuqorida aytdikki, badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil va 
talqin amallari har 
vaqt hozir
, ular tushunish jarayonining ikki qirrasidir. Aytaylik, “o`quvchi badiiy 
asarni tushundi” degani, mohiyatan, “o`quvchi asarni o`zicha talqin qildi” deganidir. 
Ayni paytda, uning asarni tushunishida tahlil unsurlari ham mavjud, zero, oddiy 
o`quvchi ham tushunish jarayonida asar qismlarini (mas., alohida epizodlarni, 
personajlarni, ularning turli 
holatlardagi xatti-harakati
, gap-so`zlarini va h.), 
ularning o`zaro mazmuniy aloqalarini tasavvur qiladi. Ilgari ham aytganimizdek, 
konkret badiiy asar turli o`quvchilar tomonidan turlicha tushunilishi mumkin. Biroq 
shunisi ham aniqki, o`quvchilar ongidagi minglab talqinlarni umumlashtiradigan 
mushtarak nuqtalar ham mavjud. Demak, konkret asar talqinlari nechog`li turfa 
bo`lmasin, ularning chegaralarini belgilab beruvchi muayyan asos, deylik, yadro 
(javhar) mavjudki, barcha talqinlar shu yadro atrofida hosil bo’ladi. Bu yadro esa – 
badiiy asarning o`zi, badiiyat hodisasini o’zida moddiylashtirgan badiiy matndir. 
Ayon bo`ldiki, badiiy asarni tushunish jarayoni obyektiv va subyektiv ibtidolardan 
tarkib topar ekan: agar bu o`rinda talqin qilayotgan shaxsni subyektiv ibtido deb 
olsak, badiiy matn obyektiv ibtidodir. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agar 
talqin qiluvchi shaxs badiiy matnni 
yetarli darajada bilmasa
, asar qismlarini, 
ularning o`zaro aloqalarini yetarli tasavvur qilolmasa, uning talqini subyektivlik kasb 
etadi. Boshqa tomondan, badiiy adabiyotning obrazlar orqali fikrlashi, obrazning 
esa assotsiativ tafakkur mahsuli ekanligini e’tiborga olsak, talqinning subyektsiz 
mavjud emasligi ayon haqiqatdir. Chunki ijodkorning assotsiativ fikrlashi mahsuli 
o’laroq yaratilgan va asarda aksini topgan obrazning mazmun qirralari faqat 
subyekt ongidagina (ya’ni, uning ham assotsiativ fikrlashi asosida) qayta tiklanishi 
mumkin bo`ladi. Aytilganlar tushunish jarayonida tahlil va talqin har vaqt 
hozirligining yorqin dalilidir. Oddiy o`quvchidan farq qilaroq, adabiyotshunos badiiy 
asarni talqin qilarkan, 
tahlilga tayanadi
, uning talqini tahlil asosida yuzaga kelgani 
uchun ham ilmiy sanaladi. Shu ma’noda tahlil badiiy asarni tadqiqotchi sifatida 
o`qish 
va 
uqish 
demakdir. 


Yuqoridagilardan ma’lum bo`ladiki, badiiy asar tahlilining maqsadi – asarni 
tushunish (asarni baholash ikkilamchi maqsad). Xo`sh, “asarni tushunish” deganda 
nima nazarda tutiladi? Bu masalada ham adabiyotshunoslikda turlichalik mavjud: 
ayrimlar asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunishni nazarda 
tutsalar, boshqalari asarda tasvirlangan narsalardan (obyektiv ibtidodan) kelib 
chiqadigan mazmunni tushunishni nazarda tutadilar. Bu qarashlarning birinchisiga 
ko`ra tushunish jarayonida tahlil yetakchilik qilsa, ikkinchisida talqinning mavqei 
ustunroq ekanligi tayin; birinchisi badiiy asarni uning ichki va tashqi aloqalarini 
birlikda olib o`rganishni (kontekstul tahlil) taqozo etsa, ikkinchisi badiiy asarga 
alohida mavjudlik sifatida qarab, uning ichki aloqalarini o’rganish (immanent tahlil) 
bilan cheklanadi. Biroq mazkur qarashlarning ikkisini ham mutlaqlashtirib 
bo`lmaydi, bu o`rinda “oraliq” mavqening egallangani, har ikki yo`sindagi 
tahlilning 
ham mavjudligini
, ularning bir-biridan ko`zlagan maqsadi va ahamiyati jihatidan 
farqli ekanligini tan olingani to`g`riroq bo’ladi. Tushunish jarayonining nazariy 
muammolarini o’rganuvchi soha – germenevtikaning asosiy qoidasi shuki: qismni 
butun, butunni qism orqali tushunish darkor. Bu qoida yuqoridagi tahlil 
yo’sinlarining ikkisiga ham birdek aloqador.Faqat bu o`rinda immanent tahlil 
“kontekst” tushunchasini asar doirasi bilan cheklab olsa, kontekstual tahlilda 
“kontekst” tushunchasining ko`lami kengayib boradi (konkret asar “yozuvchi 
biografiyasi”, “muallif yashagan davr shart-sharoitlari”, “muallifning ijodiy merosi”, 
“asar yaratilgan davr adabiyoti”, “milliy adabiy an’analar” kabi kontekstlar doirasiga 
kiradi). Kontekstual tahlil asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni 
tushunishga yo`l ochsa, immanent tahlil asarda tasvirlangan narsalarga (va, albatta, 
undagi muallif obraziga) tayangan holda o`quvchiga o’z mazmunini shakllantirish 
imkonini beradi. Mutaxassisdan farqli o`laroq, oddiy o`quvchilarning asarni 
tushunishida immanent tahlil unsurlari yetakchilik qiladi (shu bois ham o’quvchilar 
ongida konkret asarning turfa talqinlari mavjud).

Yüklə 117,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin