belgilab beradi. Biologiya o‘qitishning hozirgi davrda samarali bo‘lishi
o‘quvchilarning o‘quv, mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashish uchun zarur
bo‘lgan biologik
bilimlar, ko‘nikmalar, malakalarni egallaganiklari bilan belgilanadi.
Ular esa o‘z navbatida o‘quvchilarning tarbiyalanganlik natijasida, dunyoqarashi,
e’tiodi, tabiat, jamiyat va shaxsga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi.
O‘quvchilarning rivojlanish darajasi, qobiliyati,
jismoniy va amaliy jihatdan
takomillashtirishga bo‘lgan extiyoji bilan ifodalanadi. Biologiya o‘qitishning
maqsadi yuorida qayd qilingan omillardan kelib chiqadi. Biologiya o‘qitishning
maqsadlarini bilish o‘qituvchiga o‘qitish jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi.
Fan sifatida biologiya o‘qitish metodikasining vazifalari tubandagilardan iborat: 1.
O‘quvchilarning o‘qitish va tarbiyalash, kamolga yetkazishda o‘quv fanining o‘rnini
aniqlash; 2. Maktab o‘quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish bo‘yicha
tavsiyalar ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga tadbiq yetish; 3. O‘quvchilarning
yoshiga mos ravishda o‘quv fanlarining mazmuni, undagi mavzularning o‘rganish
izchilligini belgilash; 4. Biologik o‘quv fanlarining o‘ziga xos tomonlarini e’tiborga
olgan holda, o‘qitish usullarini, tashkiliy shakllarini ishlab chiish; 7 5. O‘qitish
jarayonida o‘llash uchun zarur jihozlarni anilash. Biologiya xonasi tirik burchak,
tajriba yer maydonini tashkil etish, tabiiy, tasviriy, dinamik, audio, video vositalarni
belgilash. Biologiya o‘qitish metodikasining obekti bo‘lib, mazkur o‘quv fani bilan
aloqador bo‘lgan o‘quv tarbiyaviy jarayon hisoblanadi. Biologiya o‘qitish
metodikasining predmeti bo‘lib biologik bilimlarning maqsadi, mazmuni, o‘qitish
usullari, shakllari, o‘quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishidir. Biologiya o‘qitish
metodikasining ilmiy – tadqiqot metodlari: 1.Maktab o‘qituvchilarining ish
tajribasini kuzatish va faoliyatdagi ijobiy, salbiy tomonlarini anilash; 2.Bu sohada
to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va hal etilmagan
muammolarni aniqlashtirish va ularni hal etish uchun zarur ishchi farazlarni ilgari
surish; 3.Ilgari surilgan farazlarning anchalik hayotga yaqin yekanliklarini aniqlash
maqsadida maktablarda pedagogik tajribalar o‘tkazish hamda tajribaviy, nazorat
sinflardan olingan ma’lumotlarni o‘zaro
taqqoslash; 4.Kuzatish va pedagogik
eksperimentlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va
xulosalash; 5.Olingan ma’lumotlarga asoslanib,
metodik maqolalar, qo‘llanmalar
yaratish va ishlab chiqilgan fikr mulohazalarning ommaviy maktablarda
tekshirishdan o‘tkazish va tasdig‘ini olish. Hozirgi davrga kelib, biologiya o‘qitish
metodikasida o‘tkazilgan pedagogik tajribalar natijasida «Biologik tushunchalarni
rivojlantirish», «Biologiyada o‘qitish shakllarining sistemasi», «Biologiyada o‘qitish
metodlari», «Biologiyada ekologik tushunchalarni rivojlantirish», «Biologiya
o‘qitishning moddiy bazaviy sistemasi», «Pedagogika Oliy o‘quv yurtlari talaba
biologlarning maktabdagi ishga metodik tayyorlash sistemasi» kabi nazariyalar
ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan. Biologiya o‘qitish
metodikasi
biologiya o‘quv fanlarining mazmuni, uning o‘qitish shakllari, metodlari, vositalarini
o‘zaro bog‘liq holda joriy yetishning maqsad qilib qo‘yadi. Biologiya o‘qitish
metodikasining asosiy vazifasi o‘quvchilarga biologik o‘kuv fanlar bo‘yicha chuur
atroflicha bilim berish, ularning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida kamol
topishiga ko‘mak beruvchi o‘quv fanlar mazmunini, o‘qitish shakllari, vositalari va
metodlarini ishlab chiishdan iborat. Biologiya o‘qitish metodikasi fan sifatida Har
qanday fan insonning tadqiqot faoliyati bilan aloqador bo‘lib, u narsa va xodisalar
to‘g‘risida bilimlar to‘plashga yo‘nalgan, hamda tadqiqot ilinayotgan narsa
xodisalar to‘g‘risida to‘li va chuur bilim olishga aratilgan. Fanning asosiy funksiyasi
tadqiqot hisoblanadi. Biologiya o‘qitish metodikasi fan
sifatida mazkur fan bilan
bog‘liq o‘quvchilarning bilim olish, tarbiyalanish va rivojlanishini nazariy va amaliy
jihatidan tadi qilishni maqsad kilib ko‘yadi. Fanning asosiy belgisi bo‘lib,
maqsadning aniligi, o‘rganish predmeti, bilimlarni bqilish usullari va shakllari
hisoblanadi.