O‘zbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lug‘atlar bilan
tanishish. O‘zbek tilining izohli lug‘atida berilgan biologiyaga oid
so‘zlar izohi bilan tanishish
O`zbek tili leksikografiyasi.Bir tilli va ikki tilli lug’atlar bilan tanishish. O’zbek
tilining izohli lug’atida berilgan sohaga oid so’zlar izohi bilan tanishish
Leksikografiya – lug’atshunoslikni o’rganuvchi fan har qanday xalqning
Betakror milliy boyligi uning o’z so’zlari hamda turg’un iboralaridir. Zamon va
makon ta’sirida tilning lug’at boyligi doimiy ravishda rivojlanib boradi.
Tarzi taraqqiyot va kashfiyotlar yangi-yangi so’zlar, tushunchalarni dunyoga
keltiradi, ba’zi so’zlar esa eskirib iste’moldan chiqadi.Ana shunday dinamik
rivojdagi bebaho boylikni o’z vaqtida tarix zarvaraqlariga muxrlash, tilning oltin
sahifalarini durlash bilan to’ldirib borish faqat matonatli, zahmatkash, fidokor
tilshunos siymolargagina nasib etadi. Bunday buyuklarning nomi abadiy
hurmatda bo’ladi.
Buning yorqin isboti uchun bobomiz Mahmud Koshg’iy nomini tilga olish
kifoyadir. Uning qariyib 1000 yil ilgari yaratgan turkiy tillar tahliliga
bag’ishlangan “Devonu lug’atit turk” asari barcha turkiy xalqlarning betakror
boyligi hisoblanadi. Mahmud Koshg’ariyning nomi esa tarix sahifalariga abadiy
muxrlandi.
Darvoqe, til lug’at boyligining nisbatan to’liq tahlili faqat lug’atlar orqali amalga
oshirilishi mumkin. Lug’atlar tuzishning nazariy va amaliy sohalari bilan
shug’ullanuvchi fan leksikografiya deb nomlanadi.
Lexikographie – grek tilidan olingan bo’lib, Lexicon- Worterbuch, grapho-ich
schreibe. Ya’ni so’zni izohlash, ifodalash ma’nosini beradi.
Dunyo leksikografiyasi ming yillik tarixga iga bo’lsada, uning asosiy rivoji keyingi
ikki-uch asrga to’g’ri keladi. Ilk bor oz sonli so’zlar va iboralardangina tashkil
topgan qo’l yozmalardan boshlangan lug’atlar hozirgi kunga kelib tillarning yuz
ming so’zlarni o’z ichiga olib, minglab adadda chop etilmoqda. Keyingi yillarda
leksikografiyaning faqatgina amaliy tomoni emas, balki nazariy yo’nalishi, obyekti,
Predmeti shakllandi. Lug’at tuzish nazriyasi, amaliyoti tilshunoslikning mahsus
sohasiga aylandi. Lug’atshunoslik tilshunoslikning mana shunday o’ta
mashaqqatli, o’ta masulyatli sohasi bo’lganligi sababli ushbu savobli yo’nalish
bilan yetuk, fidokor, millatparvar olimlar shug’ullanadilar.
Darhaqiqat, G’arb tillari amaliy leksikografiyasi so’ngi asrda yangi pog’onaga
ko’tarildi. Bu o’rinda Ingliz tilining Oxford, Webster, fransuz tilining Larus, olmon
tilining Duden, Langenscheidt, Rassiya nashriyotlarining sermahsul va sifatli
lug’atlarini eslatib o’tish kifoya.
Zamonaviy leksikografiyaning quyidagi tushunchalarini chuqur o’rganmasdan
turib davr talabiga to’la javob beradigan lug’atlar tuzish mumkin emas: So’zlik
masalasi-Wortgut,Stichwörterverzeichnis, Vokabular
Bosh so’z – Stichwort, Lemma, Vokabel
Lug’at maqolasi- Stich-Wortartikel, Wörterbuchartikel
Izoh berish – Wortdefinition,Stichworterklärung
Illustrativ misollar- Anwendungsbeispiele,Belege
Illustratsiya- Abbildungen
Stilistik ko’rsatkich va belgilar- stilistische Vermerke, Hinweise
Grammatik, etimologik va boshqa ko’rsatkichlar- grammatische,
etymologische und andere Angaben
Leksikografik tarjima—lexikographische Uberzetzung
Lug’atning maqsad va vazifasi – Ziel und Zweck des Wörterbuches
Yugorida zikr etilgan to’qqiz prinsipning barchasi o’ninchi prinsipning qay darajada
amalga oshirilishiga bog’lig. Boshqacha aytganda har ganday lug’atning sifat va
soni O’ninchi prinsipning to’laqonli aniqlanishi va unga qat’iy amal qilinishiga
bog’liq. Qolgan prinsiplar ham lug’at kim uchun, qanday nmaqsadni ko’zlab
tuzilayotgaligi bilan bevosita aloqadordir.
Lug’atlar turli maqsadlarga tuziladi. Ko’zlangan maqsad jihatidan lug’atlar 2 xil
Bunday lug’atlarda odatda, rasmlar, karta va sxemalar ham keltiriladi.
Ensiklopedik lug’atlarda so’z va iboralar alfavit tartibda maqolaning sarlavhası
sifatida go’yiladi. Ensiklopedik lug’atlar ham nmaqsad va vazifasiga ko’ra 2 xil
bo’ladi: umumiy ensiklopedik lug’atlar va biror sohaning ensiklopedik lug’ati.
Ensiklopedik lug’atlar sharqda “Qomus”, g’arbda esa “thesaurus” deb ham
yuritilgan.Lingvistik lug’atlarda lug’at boyligi aks ettiriladi.
Bunday lug’atlar asosiy maqsad leksema va frazeomalarning semantic mazmunini
tavsiflashdir. Bundan tashqari, grammatik va fonetik ma’lumot qisman
keltiriladi. Lug’at maqolasining asosiy qismini leksik ma’nolarning talqini
egallaydi. Bunda so’zning bosh manosi haqida fikr yuritiladi, agar, lozim topilsa
shu ma’noning ishlatilishini aks ettiruvchi misol keltiriladi, so’ngra bu so’zning
hosila, ko’chma ma’nolari tasvirlanadi. Bunday ma’nolarning tasvirida misollar
keltirish shart, chunki bularni anglash uchun konteks talab qilinadi.
Leksik ma’noni tasdiqlovchi nutq parchalari odatda badiiy va boshqa
adabiyotlardan olinadi. Agar leksik ma’nolar ma’lum Sistema bo’yicha to’plangan
misollar yordamida izohlansa, bunday lug’atning qiymati yuqori bo’ladi. Chunki
bunday ish tutishda lug’at boyligini obyektiv tasvirlashga erishiladi. Lug’atlarda
so’z va frazemalar ikki xil joylashtiriladi.
Lingvistik lug’atlar turli maqsadlarda tuziladi va ularning turlari ham ko’p. So’zning
biror sohaga oid leksikasi bilan adabiy til leksikasining ma’lum qatlam bilan
chegaralanganligi va chegaralanmaganligiga ko’ra lug’atlar dastlab ikkiga bo’linadi:
Umumiy lug’atlar
Maxsus lug’atlar
Umumiy lingvistik lug’atlarda hamma qo’llaydigan so’zlarning xarasteristikasi
beriladi.
Bular bir tilli, ikki tilli, ko’p tilli bo’ladi. Bir tilli lug’atlarning ham umumiy va maxsus
tiplari bor. Masalan, izohli lug’at, imlo lug’ati, sinonimlar lug’ati, frazeologik lug’at,
dialectal lug’at maxsus lug’atlar tipiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |