Tom ma’nodagi maqomlar tarixi ham aslida turli davr va qatlam musiqa namunalari (qadimiy va o‘rta asrlar xalq musiqasi, basta- korlik ijodiyoti va b.) asosida usluban badiiy yaxlit bo‘lgan salo- batli musiqiy tizimlar shakllantirilgan paytdan e’tiboran boshlanadi. Bu o‘rinda atoqli maqomshunos olim, ustoz Is’hoq Rajabovning quyidagi fikrlari e’tiborlidir: «Tom ma’nodagi «maqom»larning ham kuy, ham lad tushunchalarining paydo bo‘lishi Sharq xalqlari musiqa madaniyati ancha taraqqiy etgan davrlariga to‘g‘ri keladi. Maqomlarning yuzaga kelishi – inson tafakkurining juda uzoq davr- larda olib borgan izlanishlarining samarasidir. Maqomlar insonning musiqa haqidagi tushunchalari, musiqaviy-estetik qarashlari barka- mol bo‘lgan, kishilarning ongi va saviyasi yuksalgan bir davrda yuzaga kelgan. Maqomlar tizimining shakllanishi jahon ilmu fani- ning rivojlanishi bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Sharq musiqa olimlari musiqani tibbiyot, falsafa va matematika fanlari bilan bog‘liq ekanligini uqdirib o‘tganlar

Binobarin, salobatli maqom tizimlarining yuzaga kelishi kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichiga dahldor bir qator omillar bilan shartlangan bo‘lib, shulardan quyida ko‘rsatilgan beshta omilning bo‘lishi zaruriydir: Rivojlangan shahar madaniyati
Aniq fanlarning rivojlanganligi
Falsafiy tafakkur (tasavvuf ta’limoti)ning shakllanganligi va uning badiiy ijodiyotda in’ikos etishi
Kasbiy musiqa qatlamining (bastakorlik, cholg‘uchilik, xo- nandalik) mavjudligi
Musiqa ilmining rivojlanganligi