Movarounnahr diyoridan jahon ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy kabi qomusiy allomalar yetishib chiqdi. Buyuk vatandoshlarimiz – Abu Abdullo Xorazmiy (780–850), Ahmad Farg‘oniy (797–865) va Abu Ray- hon Beruniylarning (973–1048) ilmiy faoliyatlari bois aniq fan- lar (algebra, astronomiya, geometriya) rivojlandi, Sharq xalqlari orasida ishq falsafasi bilan yo‘g‘rilgan komil inson ta’limoti keng yoyildi va uning ijobiy ta’siri badiiy ijod jabhalarida ham ko‘rina boshladi. Aynan shu davrlarga kelib nafislar davrasida samo‘ (qalban zavqli tinglash) amaliyoti keng yoyildi, musiqaga tasavvuf namo- yandalari tomonidan nozik ta’riflar berildi. Jumladan, taniqli muhaddis, shayx Abu Bakr Buxoriy-Kalobodiyning (vaf. 994-y.) «nag‘ma – jon quvvati va ruh ozig‘i turur» iborasi mazmunan teranligi bilan musiqa haqida shakllanayotgan ko‘pgina qarash- larga muhim asos bo‘ldi. Bu ibora hozirga qadar ham musiqaga berilgan chuqur ma’noli go‘zal ta’riflar qatorida ma’lum va mash- hurdir. Ayni paytda kasbiy musiqa qatlami yangi bosqichga yuk- saldi, musiqa ilmi alohida fan sifatida uzil-kesil shakllandi.