O‘n ikki maqom tizimi ilk bor XIII asrda yashab ijod qilgan ajoyib olim va musiqachi Safiuddin Urmaviy (tax. 1230–1294) tomonidan ilmiy tasnif etilgan edi. Bu ilmiy jarayonning qisqa- cha mazmuni shunday: ulug‘ tasnifotchi jam’lar tarkibini tash- kil etgan asosiy jinslarni ikki guruhga – 7 ta to‘rt pog‘onali (tet- raxord ko‘rinishdagi) quyi hamda 12 ta besh pog‘onali (pentaxord ko‘rinishdagi) yuqori tabaqa jinslariga ajratgan bo‘lib, ularning (quyi va yuqori tabaqa namunalarining) bir-biri bilan o‘zaro biri- kuvi (qo‘shiluvi) natijasida, quyidan yuqoriga yo‘nalgan (7×12) 84 ta jam’ hosil qilishga erishgan. Ammo nazariy jihatdan ishlab chiqilgan bu jam’larning aksariyati musiqa amaliyotida qo‘llash uchun ma’qul ko‘rilmagan, balki faqat uyg‘unlik darajasi yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan jam’largina musiqa amaliyoti uchun lozim holda, alohida ajratib olingan edi. Bunda, ikki omil – tovushqator tarkibida yetarli miqdorda uyg‘un (konsonans) intervallarning mavjudligi hamda tovushlar uyushma- sining oktava darajasida bo‘lishligi muhim mezonlardan bo‘lgan. Eng uyg‘un intervallar tarkibini esa, birinchi navbatda, sof oktava (zul-kull), undan so‘ng sof kvinta (zul-xams) hamda sof kvarta (zul- arba’)lar tashkil etgan.