118. So’zning o’zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishi nutqning qaysi belgisi hisoblanadi?
A. Nutqning ta’sirchanligi
*B. Nutqning aniqligi
C. Nutqning mantiqiyligi
D. Nutqning tozaligi
119. Nutqiy muloqotning to’g’ri va real amalga oshishi uchun kommunikantlar nutq momentiga qadar muayyan faktlar bilan tanish bo’lishi, umumiy vaziyat bilan bog’liq muayyan bilim - xabardorlikka ega bo’lishlari nima deyiladi?
A. Daromad nutqi
*B. Presuppozitsiya
C. Nutqning mantiqiyligi
D. Kommunikatsiya
120. Adresant faoliyati bosqichlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A. Salomlashuv va murojaat bosqichi, tinglash bosqichi, daromad bosqichi, muddao bosqichi, xotima yoki xayrlashuv bosqichi.
B. Salomlashuv va murojaat bosqichi, tanishuv bosqichi, daromad bosqichi, muddao bosqichi, munosabat bildirish.
*C.Salomlashuv va murojaat bosqichi, tanishuv bosqichi, daromad bosqichi, muddao bosqichi, xotima yoki xayrlashuv bosqichi.
D. Tinglash bosqichi, munosabat bildirish bosqichi.
121. Adresat faoliyati bosqichlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A. Tinglash bosqichi, daromad bosqichi, muddao bosqichi, xotima yoki xayrlashuv bosqichi.
B. Salomlashuv va murojaat bosqichi, tanishuv bosqichi, daromad bosqichi, muddao bosqichi, munosabat bildirish.
C.Salomlashuv va murojaat bosqichi, tanishuv bosqichi, daromad bosqichi, muddao bosqichi, xotima yoki xayrlashuv bosqichi.
*D. Tinglash bosqichi, munosabat bildirish bosqichi.
122. Nutqning qaysi jihati axborotning sifatli yetkazilishini ta’minlaydi?
*A. Nutqning ta’sirchanligi
B. Nutqning aniqligi
C. Nutqning mantiqiyligi
D. Nutqning tozaligi
123. Muloqot jarayonida munosabat ifodalashning qanday vositalari mavjud?
A. Verbal (lisoniy) va noverbal (nolisoniy)
B. Verbal (lisoniy), noverbal (nolisoniy) va lokativ
C. Noverbal (lisoniy) va lokativ
*D. Verbal (lisoniy), noverbal (nolisoniy) va aralash
Dostları ilə paylaş: |