Talaffuz qilish, o‘qish va yozish A1 o‘zlashtirilgan mavzularga oid tayanch so‘zlar, jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi;
o‘zbek tilidagi nutq tovushlarini so‘z tarkibida ona tilidagi tovushlardan farqlagan holda o‘qiy oladi;
berilgan she’r va qo‘shiqlar matnini ifodali o‘qiy oladi;
o‘rganilgan so‘zlar, so‘z birikmalarini to‘g‘ri ko‘chirib yoza oladi;
o‘zlashtirilgan mavzular bo‘yicha 4-6 ta sodda yig‘iq gapdan iborat matnni ko‘chirib yoza oladi.
A1+ berilgan she’r va qo‘shiqlar matnini ifodali o‘qib, yoddan ayta oladi;
Nazorat ishi: Test (1 soat) Takrorlash (2 soat) Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun ( 3 soat (A1+: 4 soat))
24-26-mavzu. Qish (3 soat)
Lug‘at: qish fasli, qor, qorbo‘ron, yaxmalak, muz, sirpanchiq, chana, sovuq; kun, tun, uzun, yer, qisqa, oppoq, momiq, yog‘adi, muzlaydi, uchadi kabi mavzuga oid tayanch so‘zlar(1 soat).
Nutq namunalari: Hozir qaysi fasl? Hozir qish fasli. Yana qanday fasllar bor? Bahor, yoz, kuz.Qish fasli qachon keladi? Qish fasli kuz faslidan keyin keladi. Qishda ob-havo qanday bo‘ladi? Qishda… .(1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar: Tinglab tushunish va so‘zlash:mavzuga oid so‘zlar, ular yuzasidan berilgan savollarni tushunib, ularga javob bera oladi, “Qishda” rasmi asosida suhbatlasha oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab gaplar tuza oladi.
27-28-mavzu. Yangi yil bayrami (2 soat (A1+3 soat)) Lug‘at:yangi yil, atrofida, turli, bezadik, yalmog‘iz, niqob kiygan, quvnoq, supurgiga mingan, aytdilar, tabriklayman kabi tayanch so‘zlar (1 soat).-sinqo‘shimchali buyruq-istak fe’lining qo‘llanishi (1 soat).
Nutq namunalari: Yangi yil bayrami boshlandi. Archamizni turli o‘yinchoqlar bilan bezadik. Archa atrofida niqob kiygan bolalar o‘ynadi. Anvar tulki bo‘ldi, Saida quyon bo‘ldi. Hamma raqsga tushsin. Qorqiz qo‘shiq aytdi. Supurgiga mingan yalmog‘iz ham keldi. Yangi yil bilan tabriklasin. Yangi yilingiz bilan!