O‘zbek tili fani o‘quv dasturi (2-9-sinf) toshkent-2017 uqtirish xati



Yüklə 235,47 Kb.
səhifə29/75
tarix04.08.2023
ölçüsü235,47 Kb.
#138562
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75
Ozbek tili o`quv dastur

Nutq namunalari: Bu – mening maktabim. Men 4-sinfda o‘qiyman. Maktabimiz ikki qavatli. Sinf xonalari keng va yorug‘. Kitob javonida darsliklar va daftarlar turadi. Maktab oshxonasida ovqatlanamiz. Ashula darsida qo‘shiq aytamiz.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid savollarni tushunadi, ularga javob bera oladi, rasmlar asosida suhbatlasha oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchiso‘zlar bilanqo‘llab gaplar tuza oladi. Shu mavzuda berilgan gaplar va matnlarni o‘qiydi vatopshiriqlarni yoza oladi.

7-8-mavzu. Ko‘chamiz (2 soat (A1+ 3 soat))
Lug‘at: ko‘cha, ko‘p, uylar, xonadonlar, hovli, zamonaviy, yorug‘kabi tayanch so‘zlar; keng, chiroyli, gullar, daraxtlar, bir qavatli, ko‘p qavatli, ozoda, aziz kabi belgi bildiruvchi so‘zlar;
Yashamoq, yoqmoq, ketmoq,kabi harakatni bildiruvchi so‘zlar.
-ga, -ka, -qa qo‘shimchalari (2 soat).
Nutq namunalari: Bizning ko‘chamiz keng. Ko‘chamizda ko‘p qavatli uylar, maktab, bolalar bog‘chasi bor. Ko‘chamizda avtobuslar, mashinalar qatnaydi.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid savollar, suhbatlarni tushunadi va ularga javob bera oladi, berilgan rasm yoki predmetni tayanch so‘zlar yordamida tasvirlab bera oladi, o‘qilgan ertak, hikoya yoki ko‘rilgan film mazmunini so‘zlab bera oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi, o‘zlashtirilgan so‘zlarning urg‘usini to‘g‘ri qo‘ygan holda o‘qiy oladi, ertak, kichik hikoyalarni o‘qib, mazmunini tushuna oladi, mavzuga oid ko‘p bo‘g‘inli murakkab so‘zlarni to‘g‘ri ko‘chira oladi, tutuq belgisi va tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi, so‘zlarga turlovchi, tuslovchi qo‘shimchalarni to‘g‘ri qo‘shgan holda xatosiz yoza oladi, o‘zlashtirilgan mavzular bo‘yicha 25-30 ta so‘zdan iborat diktant yoza oladi.


Yüklə 235,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin