O‘zbek tili fani o‘quv dasturi (2-9-sinf) toshkent-2017 uqtirish xati



Yüklə 235,47 Kb.
səhifə30/75
tarix04.08.2023
ölçüsü235,47 Kb.
#138562
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75
Ozbek tili o`quv dastur

Nazorat ishi: Diktant (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).


9-10-mavzu.Uyimiz (2 soat(A1+3 soat))
Lug‘at: uyimiz, hovli, bir qavatli, ayvon, yotoqxona, hojatxona, zina, tom, devor, gulzor, hammom, oshxona, bolalar xonasi, yo‘lak kabi tayanchso‘zlar; yashamoq, tepada, yonida, yoqmoq, joylashmoq kabi harakatni bildiruvchi so‘zlar.
Qaerda? Qaerga? so‘roqlari (1 soat);X va Htovushlari.(1 soat).
Nutq namunalari: Biz uch xonali uyda yashaymiz. Xonalarga keng dahlizdan kirasiz. Oshxonamiz o‘ng tomonda, mening xonam esa chap tomonda.Uyimizjuda shinam va yorug‘. Sizni uyimizga taklif qilamiz. Qachon biznikiga kelasiz?
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash:mavzuga oid berilgan savollarni
tushunib, ularga javob bera oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qilaoladi, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab gaplar tuza oladi. Shu mavzuda berilgan gaplar va matnlarni o‘qiy oladi, topshiriqlarni yoza oladi.


11-13-mavzu. Bog‘da (3 soat (A1+:4 soat))
Lug‘at: bog‘, dala, hovli, daraxtlar, olma, uzum, anor, nok, ko‘chat,shirin, achchiq, bog‘bon kabi mavzuga oid tayanch so‘zlar; shirin, mazali, achchiq, suvli, suvsiz kabi belgi bildiruvchi va parvarish qiladi, sug‘oradi, o‘tqazadi,teradi kabi harakatni bildiruvchi so‘zlar ( 1 soat).
Hisob so‘zlari (2 soat);
Nutq namunalari: Bog‘da qanday daraxtlar o‘sadi? Bog‘da turli mevali daraxtlar o‘sadi. Bog‘ni kim parvarish qiladi? Bog‘ni bog‘bon parvarish qiladi. Bog‘da hamma mevalar pishgan. Mana eng mazali xurmo.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid berilgan savollarga tushunib javob bera oladi, rasmlar asosida suhbatlasha oladi, o‘qilgan ertak, hikoya yoki ko‘rilgan film mazmuniniso‘zlab bera oladi.

Yüklə 235,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin