Nutq namunalari: Hamma yo‘l harakati qoidalarini bilishi kerak. Svetoforning yashil chirog‘ida yo‘ldan o‘tish mumkin. Qizil chiroqda to‘xtash va kutish kerak. Katta ko‘chadan yugurmay o‘tish kerak.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar: Tinglab tushunish va so‘zlash:mavzuga oid berilgan savollarni tushunadi va ularga javob bera oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchiso‘zlar bilanqo‘llab gaplartuza oladi.
45-46-mavzu.Yozgi ta’til (3 soat ) Lug‘at: yozgi ta’til, birga, oromgoh, zerikmaymiz, do‘stlashamiz, chiniqamiz, taassurot, esdalik, qaytadilar kabi tayanch so‘zlar.
Nutq namunalari: Yozgi ta’tilda nima qilasiz? Ta’tilda oromgohga boraman.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar: Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish):
A1 sodda savollar va gaplar, suhbatlarni tinglab tushuna oladi;
berilgan matnni (badiiy asardan parcha, she’r) o‘qib tushuna oladi;
matn (topishmoq, maqol, ertak, kichik hikoya, she’r) tarkibidagi yangi so‘zlar ma’nosini lug‘at yordamida tushuna oladi;
sodda savollarga javob bera oladi, ma’lumot so‘ray oladi;
o‘zi, oilasi, yashash joyi, do‘stlari, tanishlari haqida gapira oladi;
mamlakatimiz ramzlari va bayramlari, an’analari haqida gapira oladi;
audio-video vositalar yordamida eshittirilgan so‘zlar va gaplar ma’nosini tushunib, gapira oladi;
topishmoq, tez aytish, ertak va kichik hikoyalarni o‘qib tushunadi, mazmunini so‘zlab bera oladi;
o‘zbek tilida o‘zlashtirilgan 600 ta so‘zni nutqida qo‘llay oladi;
o‘rganilgan mavzu doirasida o‘z fikrini 6 — 8 ta gap bilan izchil bayon qila oladi;
so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish va bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qilgan holda yoza oladi;
o‘rganilgan so‘zlar va sodda gaplarni, tabriknoma, xat, so‘rovnoma ma’lumotlarini to‘g‘ri yoza oladi;
25 — 30 so‘zdan iborat diktant matnini husnixat talablari asosida yoza oladi.
A1+ savollar va gaplarni, eshittirilgan qisqa matn, suhbat, qo‘shiq va she’rlarni tushuna oladi;
so‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qilgan holda yoza oladi;
xalq og‘zaki ijodi (topishmoq, maqol, tez aytish, ertak) va bolalar adabiyoti namunalaridan olingan hikoya, she’rlarni o‘qib tushunadi va mazmunini so‘zlab bera oladi, mavzu yuzasidan yoshiga mos tarzda qisqa taqdimot qila oladi.