Muomala odobi:Minnatdorchilikka javob berish.
Adabiy o‘qish:Mavzuga oid suhbatlar, kichik hikoyalar, she’rlar.
Nazorat ishi: Diktant (1 soat). Xatolar ustida ishlash (1 soat).
46-48-mavzu. Kim bo‘lsam ekan?(3 soat (A2+: 5 soat)) Leksika: Bilim, xazina,kasb egasi, kasb ustasi, hunar, sohalar, bilim olish, kasbni egallash, tanlash, shug‘ullanadi, qiziqtiradi kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Sifat darajalari. Orttirma va qiyosiy darajalarni ifodalovchi vositalar (1 soat). Belgini o‘zaro qiyoslashda -roq, -ga qaraganda, -ga nisbatan, -dan kabi vositalarining qo‘llanishi (1 soat).
Muomala odobi: Kechirim so‘rashga oid so‘z va jumlalar.
Adabiy o‘qish:mavzuga oid adabiy matnlar, rivoyat va hikoyatlar, maqollar va she’rlar.
49-51-mavzu. Dam olish kuni (3 soat (A2+:4 soat)) Leksika:dam olish kuni, butun oilamiz bilan, nonushta qilamiz, qo‘yadilar, pishirib keladilar, qarashamiz, yig‘ishtiraman, supuradi, o‘ynaymiz kabi tayanch so‘z va birikmalar.
Grammatika: Ozaytirma darajalarni ifodalovchi vositalar (1 soat). Belgini o‘zaro qiyoslashda -roq, -ga qaraganda, -ga nisbatan, -dan kabi vositalarining qo‘llanishi ( 2 soat).
Muomala odobi:Kechirim so‘rashga javob qaytarish.
Adabiy o‘qish:mavzuga oid suhbatlar, adabiy matnlar (qissalar va hikoyalar), she’rlar, maqollar.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
A2 Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish va yozish) kompetensiyalar: audiovizual vositalar orqali o‘rtacha tezlikda berilgan xabarlar, kundalik muloqot yuritishga oid matnlarni tinglab tushuna oladi;
o‘rganilgan mavzular bo‘yicha matnlar mazmunini savol-javob shaklida, qisqa yoki so‘zlab bera oladi;
o‘zaro suhbatda kundalik muloqotda ishlatiladigan (murojaat etish va murojaatga javob berish, hol-ahvol so‘rash va hol-ahvol so‘rashga javob berish, rozilik yokirad javobini berish, ruxsat so‘rash va ruxsat berish, tabriklashga va tabrikka javob berish, minnatdorchilik bildirish, kechirim so‘rash oid) muomala odobi elementlarini qo‘llay oladi;
jo‘nalish va chiqish kelishigi qo‘shimchalarini, kishilik, o‘zlik olmoshi, maza-ta’m, rang-tus, hajm-o‘lchovni hamda xarakter-xususiyatni bildiruvchi sifatlar, sifatning ozaytirma va orttirma darajalarini og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
o‘rganilgan mavzular bo‘yicha31-40 ta so‘zdan iborat diktant yoza oladi;
matnni topshiriqlar asosida to‘ldirib yoki davom ettirib yoza oladi;
berilgan tayanch so‘zlar, mavzu yoki rasm asosida 6-8 ta gapdan iborat bog‘lanishlimatn yoza oladi.
A2+ ushbumavzular bo‘yicha suhbatga qo‘shila oladi va munosabat bildira oladi;
berilgan rasm, o‘quv filmi haqida suhbatlasha oladi;
o‘zaro suhbatda kundalik muloqotda ishlatiladigan muomala odobi elementlarini qo‘llay oladi;
mavzuga oid savollarga javob yoza oladi, javoblarga mos savollar tuza oladi.