13-14-mavzu. O‘zbek tili xonasi (2 soat (A2+5 soat))
Leksika:o‘zbek tili xonasi, xonaning devorlari, taniqli, o‘zbek yozuvchilari, shoirlarning suratlari, lug‘atlar, so‘zlashgichlar, juda qiziqarli,ilingan kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika:Tushum kelishigi (1soat). Tushum kelishigining belgili va belgisiz qo‘llanishi (1soat). Tushum kelishigidagi so‘zlarning egalik qo‘shimchalarini olgan so‘z bilan birga qo‘llanishi (1 soat).
Muomala odobi:Tengdoshlariga murojaat qilish va ularga javob berish shakllari.
Adabiy o‘qish:Til haqidagi maqollar, rivoyatlar, matnlar, she’rlar.
Nazorat ishi: Test (1 soat).
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun (1 soat (A2+: 4 soat))
15-16-mavzu.Mening sinfdoshlarim (2 soat(A2+3soat))
Leksika: sinfdoshlar, sinf sardori, baland bo‘yli, aqlli, tirishqoq, juda quvnoq, yoqimtoy qiz, a’lo baholar, o‘qiydi, qiziqadi, yaxshi ko‘raman kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Kelishik qo‘shimchalarining ko‘makchilar bilan va alohida qo‘llanishi (1soat). Ayrim ko‘makchilarning kelishik qo‘shimchalariga ma’nodoshligi (1 soat).
Muomala odobi: Hol-ahvol so‘rash.
Adabiy o‘qish: Do‘stlik mavzusidagi matnlar, kichik hikoyalardan parchalar, rivoyatlar, she’rlar, maqollar.
17-19-mavzu. Oltin kuz (3 soat (A2+4soat))
Leksika: kuz, tabiat, burkanadi, dalalarda, hosil, yig‘im-terim, mevalar, sabzavotlar, poliz ekinlarikabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: O‘rin-payt kelishigi (1 soat). -da qo‘shimchasining talaffuzi va imlosi (2 soat).
Muomala odobi: Iltimos qilish.
Adabiy o‘qish: mavzuga oid suhbatlar, maqol va hikmatlar,hikoyalardan parchalar, she’rlar.
Nazorat ishi: Matn yaratish (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
20-21-mavzu.To‘garak mashg‘ulotlari (2 soat (A2+: 3 soat))
Leksika: to‘garaklar, mashg‘ulotlar, o‘zbek tili to‘garagi, she’rlarni ifodali o‘qish, matematika to‘garagi, masala yechish, bir oyda, masalaning yarmi, chorakam to‘rt, ikki yarim kabi tayanch so‘zlar va birikmalar (1 soat).
Dostları ilə paylaş: |