Nazorat ishi: Test (1 soat) Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun (1 soat (A2+: 4soat)) Mavzularni o‘rganish uchun -51 soat (A2+: 74 soat)
Nazorat ishlari uchun - 8 soat
Xatolar ustida ishlash uchun - 4 soat
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun (5 soat (A2+: 16 soat))
Jami: 68 soat (A2+: 102 soat)
6-SINF
(haftasiga 2 soatdan jami 68 soat (A2+:102 soat))
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: A2 media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish;
kundalik faoliyatida uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish(oddiy tabriknomalar yoza olish).
A2+ media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni topa olish, saralash;
kundalik faoliyatida uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish(o‘zi haqidagi ma’lumotlarni yoza olish).
O‘zini-o‘zi shakllantirish kompetensiyasi: A2 o‘qib-o‘rganish, turli to‘garaklarga qatnashish;
shaxsiy gigiena, texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish;
qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatini ko‘rsata olish(bilimlar bellashuvi, turli ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etish).
A2+ o‘qib-o‘rganganlari asosida sinfda, maktabda uchraydigan muammolarni hal eta olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2 oilasi, maktabi, mahallasi oldidagi burchini bilish;
maktabi, sinfidagi jihozlarni asrab-avaylash.
A2+ turli tadbirlar, hasharlarda ishtirok etish va muomala madaniyatiga amal qilish;
oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish, yordamga muhtojlarga sahovatli bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: A2 Vatan tuyg‘usi muqaddas ekanligini his qilish;
turli yo‘nalishdagi san’at asarlarini tushuna olish;
A2+ umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va.h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish.