A2+
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarini tuza olish;
1-3-mavzu. Poytaxtim - faxrim (3 soat (A2+: 4 soat))
Leksika:poytaxt, vatan, keng ko‘chalar, ko‘priklar, obodonlashtirish, xiyobonlar, dam olish maskanlari, favvoralar, turar joy mavzelari kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika:So‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari (1 soat). Soddayasamaso‘zlar (2 soat).
Adabiy o‘qish: Vatanimiz, poytaxtimizni obodonlashtirish bilan bog‘liqadabiy matnlar, rivoyatlar, maqollar, she’rlar.
4-5-mavzu. Mahallam (2 soat (A2+: 4 soat))
Leksika: mahalla, vatan ichra vatan, qo‘shnilar, mehr-oqibat tufayli, orasta ko‘chalar, ariqlar, oqar suvlar, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, hasharlar, mahallamiz oqsoqoli, mahalla faollari, mahalla onaxoni kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: So‘z yasovchi qo‘shimchalar (1soat), ularning so‘zga qo‘shilish tartibi (1 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid adabiy matnlardan parchalar, rivoyatlar, maqollar, suhbatlar va she’rlar.
6-8-mavzu. Ustozlar (3 soat (A2+: 4 soat))
Leksika: o‘qishni, yozishni, o‘rgatganlar, kabi tayanch so‘zlari, ustozlar, birinchi o‘qituvchim, ustoz - otangdan ulug‘, ustozlarim kabi so‘z birikmalari.
Grammatika: Qo‘shma so‘zlar (1 soat), ularning yasalishi va imlosi (2 soat).
Adabiy o‘qish: Ustozlar mavzusiga oid adabiy matnlar, rivoyatlar, maqollar, she’rlar.
Nazorat ishi: Matn yaratish (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
9-11-mavzu. Til bilgan – el biladi (3 soat (A2+: 4 soat))
Leksika:til o‘rganish, ona tili, o‘zbek tili, xorijiy tillar, o‘zaro muloqot vositasi, fanlarni o‘rganish vositasi, til bilgan – el biladi kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Juft va takror so‘zlar (2 soat), ularning yasalishiva imlosi (1 soat).
Dostları ilə paylaş: |