Grammatika: Ravishlarning yasalishi (1soat). Ravish yasovchi qo‘shimchalar imlosi (1 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid adabiy matnlardan parchalar, rivoyatlar, maqollar, she’rlar.
23-24-mavzu. Vatan sarhadlari(2 soat (A2+: 4 soat)) Leksika: Vatanparvarlik, chegarachilar, Vatanini himoya qilish, ogoh bo‘lishkabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika:Qo‘shma ravishlar (1soat), juft ravishlar, ularning imlosi (2 soat).
Adabiy o‘qish:Vatan sarhadlari haqidagi matnlar, rivoyatlar, maqollar va she’rlar.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalar:
A2
matndagi notanish so‘zlarni lug‘at yordamida tushuna oladi;
mavzuga oid matnlar va suhbatlar mazmunini so‘zlab bera oladi;
berilgankichik hikoya, rivoyatlarni ovoz chiqarib o‘qiy oladi;
mavzuga oid she’rlarni ifodali o‘qib, yoddan ayta oladi;
grammatik bilimlardan qo‘shma, juft, takror so‘zlar, sifatlar, ravish, qo‘shma va juft ravishlarning qo‘llanishiga oid og‘zaki va yozma topshiriqlarni bajara oladi.
Matndan grammatik mavzuga doir birikmalar va jumlalarniajratib yoza oladi;
berilgan savollar, tayanch so‘zlar yoki rasm asosida 15-20 ta gapdan iborat bog‘lanishli matn tuza oladi.
o‘rganilgan mavzular bo‘yicha 51-60 ta gapdan iborat diktant yoza oladi;
A2+ matndagi notanish so‘zlarni matnning umumiy mazmunidan kelib chiqib tushuna oladi;
matnlar mazmuni bo‘yicha savollar tuza oladi va o‘zaro suhbatlasha oladi;
ko‘rsatilgan o‘quv filmi mazmunini so‘zlab bera oladi;
berilgan tayanch so‘zlardan foydalanib, rasm asosida og‘zaki va yozma matn tuza oladi;
Nazorat ishi: Test (1 soat). Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun 1 soat (A2+: 4soat) 25-27-mavzu. Alisher Navoiy (3 soat (A2+: 5 soat) Leksika:buyuk mutafakkir, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, jahon adabiyotining hamtengsiz namoyandasi, shoirlarning sultoni, so‘z ustasi kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.