Adabiy o‘qish: Milliy taomlar oid adabiy matnlar, rivoyatlar,she’rlar.
35-37-mavzu. Navro‘z udumlari (3 soat (A2+:4 soat))
Leksika:Navro‘z, udumlar, Navro‘zbek yoki Navro‘za, atrof orastalanadi, ko‘chalar, maydonlar, hovlilar, ariqlar,umumxalq hasharlari, Navro‘z sayli, navro‘z taomlari kabi tayanch so‘z va birikmalar.
Grammatika: Yaqin va uzoq o‘tgan zamon fe’llari (1soat). Ularning tuslanishi (1soat). Yaqin va uzoq o‘tgan zamon fe’llarining bo‘lishsiz shakllari (1soat).
Adabiy o‘qish:Navro‘z bayrami bilan bog‘liq adabiy matnlar, rivoyatlar, maqollar, she’rlar.
Nazorat ishi: Test (1 soat).
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun (2 soat (A2+: 4soat))
38-40-mavzu. Buyuk astronom (3 soat (A2+ 4 soat))
Leksika: Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi, salobatli, odil, aqlli, o‘tkir zehnli, buyuk olim, koinot, yulduzlar, kuzatmoq, qiziqmoq, qurdirmoq, rasadxona, abadiylashtirish, madrasa, astronom, ilm markazi, Samarqand kabi tayanch so‘z va birikmalar.
Grammatika:O‘tgan zamon davom fe’li (1 soat). O‘tgan zamon davom fe’lining tuslanishi (1 soat). Ularning bo‘lishsiz shakli (1 soat).
Adabiy o‘qish: Mirzo Ulug‘bek hayoti va faoliyati bilan bog‘liq adabiy matnlardan parchalar, rivoyatlar, maqollar, she’rlar.
41-43-mavzu.Bobom xotiralari(3 soat (A2+4soat))
Leksika:xotira, xotirlash, qadr, qadriyat, qadrlash, yaxshilik, mardlik, jasorat, fidoyi insonlar, bobom xotiralari, xotira va qadrlash maydoni, mangu olov, abadiy qoladi kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika:O‘tgan zamon hikoya fe’li (1 soat) O‘tgan zamon hikoya fe’lining tuslanishi (1 soat). Ularning bo‘lishsiz shakli (1 soat).
Adabiy o‘qish: Xotira kuni, xotira va qadrlashga oid adabiy matnlar, rivoyatlar, maqollar, she’rlar.
Nazorat ishi: Matn yaratish (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
Dostları ilə paylaş: |