Nutq namunalari: Maktabimizda kutubxona bor. Kutubxonada har xil kitoblar ko‘p. Biz ertak, hikoya kitoblarni qiziqib o‘qiymiz.“Uch og‘a-ini botirlar” haqidagi ertakni o‘qiganmisan? Yo‘q, bu ertakni o‘qimaganman. Bu kitob kutubxonamizda bormi? Ha, kutubxonada bor.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid yangi so‘zlar, sodda savol, gaplarni, suhbatlarni tushuna oladi, berilgan rasm, mavzu ob’ekti yoki predmetni tayanch so‘zlar asosida tasvirlab bera oladi, o‘qilgan ertak, hikoya yoki ko‘rilgan film mazmuniniso‘zlab bera oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘z va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qiladi, suhbatlarni dialog tarzida mos ohangda o‘qiy oladi, ertak, kichik hikoyalarni o‘qib mazmunini tushuna oladi, matn tarkibidagi so‘zlarni bo‘g‘inga to‘g‘ri ajratib ko‘chira oladi, tutuq belgisi va tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi, o‘rganilgan mavzular bo‘yicha 25-30 ta so‘zdan iborat diktant yoza oladi.
Nazorat ishi: Diktant (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
20-22-mavzu. Bozorda (3 soat (A1+:4 soat))
Lug‘at: bozor,sotuvchi, xaridor, sabzavotlar, ko‘katlar, quruq meva, yong‘oq, yeryong‘oq, qancha,narx, arzon, qimmat, necha pul,necha dona, necha so‘m, ko‘rsating, tortib bering kabi tayanch so‘zlar (1 soat).
Nutq namunalari: Onam bilan bozorga bordik. Bozorda turli sabzavotlar, ho‘l va quruq mevalar ko‘p. Bizga bir kilogramm nok va ikki kilogramm olma bering(1 soat).
Qanday? qanaqa? so‘roqlari (1 soat) Nima qildi?(qilyapti?)so‘roqlari (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash:mavzuga oid savollar, matnlar mazmunini tushunib, savollarga javob bera oladi, rasmlar asosida suhbatlasha oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qiladi, berilgan she’r, hikmatli so‘zlarni ifodali o‘qiy oladi va yoddan ayta oladi, matn yuzasidan savollarga javoblarni xatosiz yoza oladi, berilgan tayanch so‘zlar asosida matnni to‘ldirib yoki davom ettirib yoza oladi,mavzuyokirasmasosida 6-8 ta gapdan iborat bog‘lanishli matn yoza oladi.
Dostları ilə paylaş: |