bilan (jaranglilik belgisining borligi bilan) farq qiladigan «b» fonemasi bor.
Bundan farqli ravishda x fonemasining
jarangsizlik belgisi asosiy, ammo
nokorrelyativ
belgidir. Chunki uning jarangli belgiga ega bo‘lgan ziddi yo‘q.
Bir qator undosh fonemalar jarangli-jarangsizlik belgisiga ko‘ra korrelyativ
juftliklarni hosil qiladi: p-b, t-d, k-g, s-z, ch-j, q-g‘, f-v.
Jarangli-jarangsizlik belgisiga ko‘ra korrelyativ munosabatga ega bo‘lmagan
fonemalar mazkur belgilarga ko‘ra juftlikka kirmaydigai fonemalar hisoblanadi,
masalan, x, y, m, n, r, l, k.
Fonemalarning asosiy, korrelyativ belgilari farqlovchi belgilar sanaladi.
Masalan,
p fonemasining jarangsizlik, b fonemasining jaranglilik belgilari shu
fonemalarning farqlovchi belgilaridir. Chunki mazkur fonemalarning boshqa
barcha belgilari umumiy.
Fonemaning asosiy belgilari farqlovchi belgi bo‘lmasligi ham mumkin. Agar
asosiy belgi korrelyativ bo‘lmasa, farqlovchi belgi vazifasini o‘tamaydi. Masalan,
x fonemasining jarangsizlik belgisi farqlovchi belgi hisoblanmaydi. Chunki boshqa
belgilari x fonemasi bilan umumiy, faqat jarangsizlik belgisiga korrelyativ bo‘lgan
jaranglilik belgisi borligi bilan undan farqlanuvchi jarangli fonema o‘zbek
tilida
yo‘q.
Kuchsiz pozitsiyada korrelyativ munosabatdagi juftliklarning farqlovchi
belgilari yo‘qolishi mumkin. Korrelyativ juftliklar o‘rtasidagi farqlovchi
belgilarning yo‘qolishi neytralizatsiya hisoblanadi. Masalan, o‘zbek tilida so‘zning
oxirgi pozitsiyasi undoshlarning kuchsiz pozitsiyasi hisoblanadi. Shuning uchun bu
pozitsiyada korrelyativ juftliklar o‘rtasidagi farqlovchi
belgi neytralizatsiyaga
uchraydi: bop-bob, tig‘-tiq
va h.k.
Bu fonemalar o‘rtasidagi farqlovchi belgi ular
kuchli pozitsiyaga – unli oldiga olinganda yana tiklanadi.
Undosh fonemalar o‘rtasidagi munosabatlarning turlicha tasnifi uchraydi.
Masalan, L.L.Bulanin rus tilidagi barcha undoshlar besh farqlovchi belgi asosida
o‘zaro oppozitsiyaga
kirishishi mumkinligini, bu besh belgi, o‘z navbatida, uch
guruhni:
asosiy, korrelyativ, nisbiy
belgilarni hosil qilishini ko‘rsatadi.
1
Paydo
bo‘lish o‘rni va usuliga ko‘ra undosh fonemalar belgisi asosiy, jarangli-
jarangsizlik,
qattiqlik, yumshoqlikka ko‘ra belgisi korrelyativ, shovqinlilik-
sonorlikka ko‘ra farqlovchi belgisi nisbiy belgilarga ajratiladi.
Bunga ko‘ra,
har bir undosh asosiy, korrelyativ va nisbiy belgilarga ega.
Masalan, «b» undoshi portlovchi, labial (asosiy belgi), jarangli belgilar majmuidan
iborat.
A.A.Abduazizov umumiy qabul qilingan undoshlarning artikulyatsion tasnifi
asosida o‘zbek tilida quyidagi birlik oppozitsiyalarni ajratadi:
1. Artikulyatsion o‘rni va to‘siqning hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra:
a) labial – til oldi: p-t, b-d, m-n, f-s, v-z, f-sh, v-l, v-r;
b) labial – til o‘rta: f-i, v-y;
v) labial – til orqa: p-k, b-k, f-x, v-g;
g) labial – bo‘g‘iz: f-h, v-h;
d) til oldi – til orqa: t-k, t-k, d-g, s-x, z-g, n-g;
1
Буланин Л.Л. Фонетика современного русского языка. – М., 1970. – С.51.