O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI


Moskva fonologiya maktabida fonema nazariyasi



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/39
tarix24.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#191054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
125398 (1)

Moskva fonologiya maktabida fonema nazariyasi 
Moskva fonologik maktabi o‘tgan asrning 30-yillarida, A.A.Reformatskiy 
1
Щчерба Л.В. Фонетика французского языка. – С.14 – 20; Л.В.Щчерба концепцияси унинг 
шогирдлари 
Л.Р.Зиндер, 
М.И.Матусевич, 
Л.Л.Буланин 
ва 
бошқалар 
томонида 
ривожлантирилмоқда. 


ta’biri bilan aytganda, DARS ilmiy markazi asosida shakllandi (mazkur ilmiy 
markaz asoschilari Dmitriev, Avanesov, Reformatskiy, Sidorovlarning bosh 
harflaridan olingan). Leningrad fonologik maktabidan farqli ravishda MFMda 
fonema ma’lum avtonomlikka ega bo‘lgan, so‘z va morfemaning tovush qobig‘iga 
bog‘liq
 
bo‘lmagan mustaqil birlik emas, balki so‘z va morfemaning tarkibiy 
elementi hisoblanadi. LFM va MFMda fonemaga bunday ikki xil nuqtai nazar bir 
fonetik qurshovdagi ayrim tovush birikmalarini ikki xil talqin qilishga olib keladi. 
Masalan, «angla» so‘zidagi birinchi tovush A.Shcherba konsepsiyasi bo‘yicha «a» 
fonemasining varianti, chunki fonetik qurshovda «a» fonemasidan boshqa barcha 
fonemalar ottenkasi bilan qarama-qarshi munosabatda bo‘la oladi. Moskva 
fonologik maktabi konsepsiyasiga ko‘ra, bu fonema «o» fonemasining varianti, 
chunki o‘zak tarkibida kuchli pozitsiyada (urg‘u ostida) «o» holida talaffuz 
qilinadi. 
Moskva fonologik maktabi konsepsiyasining katta yutug‘i shundaki, ular so‘z 
shaklning tovush tomonini farqlash darajasiga ko‘ra fonemalarni ikki pozitsiyasi – 
maksimal farqlash pozitsiyasi (kuchli pozitsiya) va minimal farqlash pozitsiyasi 
(kuchsiz pozitsiya)ga ajratadi. 
Qurshovdagi tovushlarning ta’siriga kam berilgan, perseptiv tomondan 
maksimal differensial pozitsiya fonemalarning kuchli pozitsiyasi hisoblanadi. Rus 
tili unlilari uchun bunday pozitsiya urg‘u osti pozitsiyasi, undoshlar uchun esa unli 
oldi pozitsiyasi hisoblanadi. O‘zbek tili unlilari uchun so‘zning faqat bir unlidan 
tashkil topgan so‘zning birinchi bo‘g‘ini kuchli pozitsiyadir. 
R.A.Avanesov fonemalar pozitsiyasini tasniflarkan, ma’lum bir fonemaning 
bir belgisi uchun kuchli pozitsiya shu fonemaniig boshqa belgisi uchun kuchsiz 
bo‘lishi mumkinliginp aytadi. Shuning uchun u pozitsiyalarni quyidagi to‘rt 
guruhga ajratadi: 
1. Jarangli-jarangsizlik belgisi uchun ham, qattiqlik-yumshoqlik belgisi uchun 
ham kuchli pozitsiya. 
2. Jarangli-jarangsizlik belgisi uchun kuchli, qattiqlik
-
yumshoqlik belgisn 
uchui kuchsiz pozitsiya. 
3. Qattiqlik-yumshoqlik belgisi uchun kuchli, jarangli-jarangsizlik belgisi 
uchun kuchsiz pozitsiya. 
4. Har ikki belgi uchun absolyut kuchsiz pozitsiya. 
Pozitsiya tushunchasi asosida MFM fonema variantlari va variatsiyalarini 
ham ajratadi. Jumladan, A.A.Reformatskiy kuchsiz pozitsiyalarli ikkiga – perseptiv 
kuchsiz (bilish tomonidan) va signifikativ kuchsiz (farqlash tomonidan) 
pozitsiyalarga ajratgani holda, birinchisi fonema variatsiyalarini, ikkinchisi esa 
variantlarini hosil qilishini aytadi. Birinchisiga «a»ning turli ottenkalari: «mat», 
«mat», «myat», «myat»; ikkinchisiga so‘zning oxirgi pozitsiyasi – prud va prut 
kiritiladi. 
MFMning yana bir yutug‘i muayyan belgisi asosida oppozitsiyaga kirishgan 
fonemalarning shu belgi uchun kuchsiz pozitsiyada oppozitsiyaning yo‘qolishi, 
ya’ni ikki fonemaning bir variantga muvofiqlashuvi – neytralizatsiyasi haqidagi 
ta’limotdir. Masalan, 
yod
va 
yot.
MFM fonemani avtonom holda emas, balki 
morfema 
va 
so‘zning 
ichida 
uning 
elementi 
sifatida 
o‘rganganidan 


morfonologiyaning vujudga kelishiga qulay sharoit yaratdi.
MFM pozitsiya tushunchasi bilan bog‘liq giperfonema tushunchasini ham 
tilshunoslikka olib kirdi. Masalan, urg‘uli bo‘g‘in oldida kelgan «o» va «a» unlilari 
rus tilida neytralizatsiyaga uchraydi. Masalan, 
baran
. Bu so‘zdagi birinchi a 
tovushi o fonemasining ham, a fonemasining ham varianti bo‘lishi mumkin; ammo 
qaysi fonemaning varianti ekanini isbotlash qiyin. Bu variant a-o gruppasidagi 
fonemalardan birining varianti hisoblanadi. MFM terminologiyasi bo‘yicha ana 
shunday fonemalar guruhi giperfonema sanaladi. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin