morfonema ning ajratilishi ham
morfonologiya tarixida salbiy rol o‘ynadi.
11
V.G.Churgunova morfonologiya birligi sifatida morfonema bo‘lishini
ma’qullaydi. Uning fikricha, morfonema morfonologik sathning elementar
birligidir. Rus tilida u ko‘proq kuchli va kuchsiz plozitsiyadagi fonema qatorlarini
o‘z ichiga oladi. Demak, morfonema – real morfema (morf) komponenti sifatida
qaraluvchi bir sinfdagi kuchli va kuchsiz fonemalar birligini aks ettiradigan birlik.
Shu bilan birga, u morfonologiyaning yuqori birligi sifatida
submorf ni ham
ajratadi.
Ma’lumki, morfema ma’lum ma’no ifodalovchi eng kichik shakldir. Bu shakl
bir ma’no bilan bog‘langan va turli qurshovda uchraydigan bir necha shakllarning
birligi bo‘lishi ham mumkin. Bunday shakllar morf, allomorf yoki morfema
alternantlari sanaladi. V.G.Churgunova morfni ma’lum jihatdan shakllangan
morfonem qatori deb tasavvur qilish va morf strukturasining qandaydir
morfonologik qonuniyati haqida gapirish mumkinmi degan savolga quyidagicha
javob beradi: «Agar til sun’iy qurilma bo‘lganida edi, ehtimol, morf shunday
shakllangan bo‘lardi. Differensial belgilarning ma’lum sintaktik qoidasi asosida
fonema, fonemalar sintaksisi asosida morf, turli qurshovda uchraydigan va bir
ma’no ifodalovchi morflar asosida morfema, morfemalardan so‘z qurilgan
bo‘lardi. Ammo til sun’iy qurilma emas, u ko‘p asrlik tarixga ega. Tarixiy
taraqqiyot jarayonida uning ayrim elementlari morfonem qurilmasini saqlagan
holda ma’nosini yo‘qotadi. Mazmun plani nuqtai nazaridan ajralmaydigan bu
morfonem qator morfonologik strukturaning boshqa elementi bilan o‘z aloqasini
saqlagan holda morfonologik nuqtai nazardan bo‘laklarga ajralishi mumkin. Ana
shunday birliklar submorf (yoki fonomorf) deb nomlanadi».
Uning fikricha, submorf – morfonemaning doimiy qatori, so‘z tovush
qobig‘ining barqaror shakllangan elementlarining morfonologik yaxlitligini
ifodalovchi birlik.
12
Masalan,