– ul); v) o – a. Ong, ot, son kabi so‘zlarga fe’l yasovchi morfemalar qo‘shilganda
o‘zak morfema tarkibidagi
o unlisi
a ga aylanadi. Masalan:
ong – angla, ot – ata, son – sana, yosh – yasha, qorin – qarindosh va boshq. Bu esa o‘zak morfema
bilan affiksal morfemaning mustahkam qo‘shilib ketishiga asos bo‘ladi;
g) a – o. A unlisi bilan tugagan morfemaga
-q va
-v morfemalari qo‘shilganda
q va
v allofonlari ta’sirida bunday almashinuv yuz beradi. Masalan: 1)
q allofoni
ta’sirida:
tarqa – tarqoq, chanqa – chanqoq, so‘ra – so‘roq, tara – taroq, sana – sanoq; 2)
v allofoni ta’sirida:
ishla – ishlov, qishla – qishlov, sayla – saylov, alda – aldov; d) i – u. 1) q ta’sirida:
sovi – sovuq, quri – quruq, qovi – qovuq; 2) v ta’sirida:
tani – tanuv, o‘qi – o‘quv, to‘qi – to‘quv; ye) o – u. V ta’sirida:
sovuq – suvuq (dialektal),
qovuq – quvuq va boshq.
Undoshlar almashinuvi 1. k – g, q – g‘. Q yo
k undoshi bilan tugagan ikki yoki ko‘p bo‘g‘inli
so‘zlarga egalik affiksi qo‘shilganda jarangsiz k va q undoshlari intervokal holatda
qolib, jarangli korrelyati bilan almashinadi.
Masalan:
qiliq – qilig‘i, baliq – balig‘i, soliq – solig‘i, chirik – chirigi, bilak – bilagi, tilak – tilagi, kichik – kichigi. 2. g‘g – qq. Masalan:
bog‘ga – boqqa, tog‘ga – toqqa, yog‘ga – yoqqa. 3. gg – kk. Masalan:
bargga – barkka, eggan – ekkan, teggan – tekkan (talaffuzda).