O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI


i, u, a, o  fonemalarigina ishtirok etadi.  E, o‘



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/39
tarix24.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#191054
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
125398 (1)

i, u, a, o 
fonemalarigina ishtirok etadi. 
E, o‘ 
fonemalari 
esa affiksal morfemalar tarkibida ishlatilmaydi. Shu bilan birga, affiks morfemalar 
fonetik strukturasi sifat jihatidan yetakchi morfemaning fonetik strukturasiga 
bog‘liq bo‘ladi (bu haqda singarmonizm bahsida alohida ma’lumot beriladi). 
 
Bo‘g‘in tuzilishi 
So‘z yoki morfema tarkibidagi morfonologiya jarayoni ko‘p hollarda bo‘g‘in 
strukturasi bilan bog‘liq. Bo‘g‘in so‘zning fonetik bo‘lagi sifatida barcha tillarga 
xos universaliyadan biridir. Shu bilan birga, har qaysi tilda bo‘g‘in strukturasining 
boshqa tillardan farq qiladigan o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud.
21
Turkiy tillarda ibora, gap, so‘z birikmalari va ayrim so‘zlar strukturasi 
bo‘g‘inning ekspirator xususiyatga ega ekanini va shu orqali boshqa tillar bilan 
umumiylik kasb etishini ko‘rsatadi. Bo‘g‘in nutqning artikulyatsion-akustik 
segmentlari – bo‘g‘in hosil qiladigan havo oqimining muskul kuchlanishi 
bo‘linishi bilan bog‘liq. Shuningdek, bo‘g‘inlarning allofonlari tarkibida turkiy 
tillarning o‘ziga xos xususiyatlari ham namoyon bo‘ladi. 
Turkiy so‘zlar bir yoki bir necha bo‘g‘inlardan, bo‘g‘in esa, o‘z navbatida, bir 
yoki bir necha allofonlardan tashkil topadi. Bo‘g‘in va fonema so‘z tovush 
strukturasining asosiy birliklaridir. Fonema minimal birlik sifatida ma’lum fonetik 
pozitsiya va qurshovga muvofiq holda allofon sifatida reallashadi. Shunday qilib, 
so‘z tovush strukturasining asosiy birliklaridan biri, uning tarkibida ham unli, ham 
undosh fonemalarning allofonlari shakllanadi. Demak, har bir so‘z ma’lum 
bo‘laklarga – ma’lum pauza bilan ajralgan bo‘g‘inlarga, bo‘g‘in esa fonema 
allofonlariga bo‘linadi. 
21
Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. Фонетика. – С.424. 


Turkiy tillarda bo‘g‘in hosil qiluvchi element unli tovushlar hisoblanadi. 
Shuning uchun bo‘g‘in miqdori so‘z tarkibidagi unlilar miqdori bilan belgilanadi. 
Turkiy so‘zlar bo‘g‘in strukturasi ham xuddi o‘zak morfema strukturasi kabi 
quyidagi to‘rt tipdan iborat: G, SG, GS va SGS. Turkiy tillar tarixiy 
taraqqiyotining keyingi etapida ichki taraqqiyot va tashqi ta’sir natijasida bo‘g‘in 
strukturasi yana ikki tur – GSS, SGSS bilan boyidi. Natijada turkiy so‘zlar bo‘g‘in 
strukturasining olti modeli vujudga keldi. Bundan G, SG ochiq, qolganlari esa 
yopiq bo‘g‘inlar modelidir. 
Ko‘rinib turibdiki, turkiy tillarda bo‘g‘in strukturasi turkiy o‘zak morfema 
fonetik strukturasi bilan bir xillikka ega (o‘zbek tilining taraqqiyot bosqichiga oid 
baynalmilal so‘zlarning SSGS (sprav-ka) tipidagi birinchi bo‘g‘in modellari bunga 
kirmaydi). Faqat ikkinchi va undan keyingi bo‘g‘inlar fonetik strukturasi uni 
tashkil etgan allofonlarning sifati jihatidan farq qiladi. Shu tufayli morfema va 
bo‘g‘inlarning yuqoridagi olti modeli va uni tashkil etgan allofonlar xususiyatlari 
haqida so‘z strukturasi bo‘limiga qarang. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin