20. ch – s: ichsa – issa, kechsa – kessa
(Namangan).
21.
t – s: aytsam – ayssam
(Namangan).
22. t – o: sust – susay, past – pasay.
23. il – o: qizil – qizar.
Singarmonizm
O‘zbek adabiy tilida ham ba’zan bir bo‘g‘inli so‘zlarning struktur elementlari
– unli va undosh tovushlar o‘rtasida tovush qatorlari bo‘yicha o‘zaro xoslanish
holatlari ko‘zga tashlanadi. Xususan, GS, SGS strukturali so‘zlarda
tovushlar
palatal garmoniyaga muvofiq birikadi:
qыl, xыl, g‘ыsh; bil, til, siz, jil
kabi.
Ba’zan old va orqa qator variantlari ma’no farqlash funksiyasini ham bajarishi
mumkin. Masalan,
tiq – tik.
Bir qator so‘z yasovchi va forma yasovchi affikslar variativlikka ega. O‘zak
fonetik strukturasiga muvofiq, affikslarning variantlaridan biri qo‘llanadi. Affikslar
variantlari shu fonetik qurshovda biri o‘rnida ikkinchisi qo‘llanolmaydi. Masalan:
-
ыq
yo
-ik
(
qыlыq – kichik), -qы (-g‘ы), -gi (chopqы, cholg‘ы, suzgi), -qa, -ga
(toqqa, bizga)
kabi.
Bu faktorlar turkiy tillar uchun xarakterli bo‘lgan
singarmonizm
qonuniyatining o‘zbek tilida ham ayrim o‘rinlarda mavjudligini ko‘rsatadi.
Yuqoridagi o‘rinlarda fonema (unli va undosh) hamda morfemalarning orqa
variantlari fonologik va morfematik qimmatga ega emas. Ular morfonologiyaning
o‘rganish ob’ektidir.
Singarmonizm tovushlar moslashuvining alohida turidir.
Tovushlarning
bunday moslashuvi agglyutinatsiya bilan chambarchas bog‘liq. Turkiy tillarda so‘z
va so‘z formalari ko‘pincha ma’lum affikslar qo‘shib yasaladi. Bu affikslarning
yasovchi affiksga qo‘shilishida tartib mavjud. So‘z yasovchi affikslar so‘zning
material qismiga, leksik ma’no ifodalovchi qismiga kiradi.
Shuning uchun ular
forma yasovchi affikslardan oldin qo‘shiladi. Forma yasovchilarning sintaktik
munosabat ifodalamaydigan turi sintaktik munosabat
ifodalaydigan turidan oldin
qo‘shiladi: o‘zak + so‘z yasovchi affiks + sintaktik munosabat ifodalamaydigan
shakl yasovchi affiks + sintaktik munosabat ifodalaydigan affiks.
Ko‘rinib
turibdiki, turkiy tillarda so‘z leksik va grammatik ma’no
ifodalaydigan morfemalar bilan cho‘zilib boradi. Affikslarning bunday silsilali
o‘sib borishi turkiy so‘zlarning tovush qiyofasini ham shartlab qo‘yadi: o‘zaro
maksimal yaqin tovushlardan tashkil topadi.
Tillarni tarixiy
Dostları ilə paylaş: