o`zgaruvchanligi - lisoniy birlikda shakl va mazmun asimmetriyasi,
-uzluksiz nisbiy markaz-qurshov giponimik pog`onaviylik bosqichlari sonining va
-har bir bosqichda qurshov birliklari miqdorlarining nisbiy erkinligi,
-ko`p qavatli pog`onalarning har birida har bir lisoniy birlikning o`z pog`onadoshlari bilan ko`ptomonli
zidlanishi va bir necha mikrosistemalarga aloqadorligi bilan ta`minlanadi.
Me`yor (NSh) lisonga, uning ichki qurilish tizimiga nisbatan tashqi omil bo`lib, lisoniy imkoniyatlardan (-
sinonimik qatorlardan, lisoniy birliklarning dublet, allovariant va variantlari, sohaviy birliklaridan v.h.) har birining
voqelanish o`rinlari va xususiyatlarini belgilaydi. Me`yor
-
lisoniy an`ana bilan ham,
- sof
nolisoniy (g`ayrilisoniy), jumladan:
- xilma-xil uslublar, tilning qo`llanilish sohalari va lisonning voqelanish usullari (badiiylik va kuchli
ta`sirchanlik, yorqin ifodaviylik, obrazli tafakkur yoki aniqlik, ixchamlik, serinformativlik talablari v.h.) bilan ham,
-ijtimoiy shart-sharoit, qonun-qoida, rasm-rusumlar, til siyosati bilan ham,
-nutq jarayoni ishtirokchilarining diniy, madaniy, tabaqaviy, irqiy, milliy, hududiy, jinsiy, ruhiy, yosh v. b.
xusisiyatlari bilan ham,
-lison voqelanayotgan soha, hayotiy jabha talab va xususiyatlari bilan ham,
- lison voqelanishining bevosita nolisoniy shart-sharoitlari bilan ham belgilanishi mumkin.
Me`yorga ta`sir etadigan omillar juda ko`p va rang-barang bo`lib, tilshunoslikning maxsus tarmog`i -
sotsiolingvistikaning markaziy tadqiq manbalaridan biridir.
Nutq lisonning me`yor elagidan o`tgan muayyan (yozma, og`zaki, tasviriy /imo-ishora, signal v.h./
shakllaridan birida) voqelanishidir.
Lison ham,
nutq ham qurilish va voqelanish tamoyillariga ko`ra birlamchi ijtimoiy-ruhiy ramziy tizim
(semiotik sistema),
me`yor uning voqelanish sharoiti bo`lib, bevosita ramziy tizimga aloqador emas.
Lisoniy sathlar izchil giponimik munosabatli iyerarxik qurilishga ega bo`lgani holda lisonning o`zi uni
tashkil etuvchi sathlari bilan iyerarxik gipo-giperonimiik munosabatlar bilan emas, balki dialektik butun-bo`lak
aloqalari bilan bog`lanadi /2:/. Bunda lison - butun, sathlar - bo`lak mavqeyida bo`ladi.
Bugun kundan-kunga ulg`aya borayotgan va milliy-ma`naviy istiqlol mevasi sifatida ommalashayotgan
o`zbek substansial (formal-funksional) tilshinosligida til qurilishi va yashashi tahlilining bosh masalalaridan biri
mana shunday tushuniladi va shu nuqtayi nazardan turib har bir bosqich birliklarining umumiy mohiyati, unga
tayanib har sath birligi tabiati ochiladi, o`zbek tili qurilishining tavsifi beriladi.
ADABIYOTLAR 1. O`zbek tilshunosligida bu yo`nalish haqida qar.: Љурбонова M.M. Ўзбек тилшунослигида формал- функционал йўналиш ва содда гап ўурилишиниг талљини. ДДА. Т.: ТАИ. 2001; Yana qar.: Менглиев Б.Р. Лисоний тизим яхлитлиги ва унда сатќлараро муносабатлар. ДДА. Т. ТАИ.2002; Љурбонова M.M. Щозирги замон ўзбек тили. Гап синтаксиси учун материаллар. Тошкент. Университет. 2002; Nimat G. Hamid. O`zbek tilini struktural tadqiqi. "3.Uluslararasi turk dil kurultayi. Turk dil qurumu yayinlari ¹678. Ankara.2000. S.787-793; 2. Нигматова Л.Ќ. Ўзбек тилида привативлик (нофонологик сатќлар). НДА. Т.: ТАИ. 2004.