Reduplikatsiya jarayonidagi almashinuvlar Har qanday reduplikatsiyada umumiy (sementlovchi) urg‘u birinchi
komponentda bo‘ladi. Ikkinchi darajali urg‘u ikkinchi komponentning oxirgi
bo‘g‘iniga tushadi.
1
Juft so‘zlarning anchagina qismida komponentlardan biri
ikkinchisining morfonologik o‘zgarishiga uchragan varianti hisoblanadi.
1.
Birinchi komponenti o‘zgaradi
tun – s: bus-butun
tta – p: kap-katta
shil – m: yam-yashil
k – m: ko‘m-ko‘k
zil – p: qip-qizil
ra – p: qop-qora
q – p: opoq (oppoq)
riq – p: sap-sariq va boshq.
2.
Ikkinchi komponent o‘zgaradi:
y – p: yog‘och-pog‘och, yilt-pilt
m – s: mol-sol, mot-sot, temir-semir
m – p: mol-pol, mosh-posh
y – m: yo‘riq-mo‘riq
t – m: tugun-mugun
k – m: keshik-meshik
t – p: temir-pemir va boshq.
Ko‘rinib turibdiki, reduplikatsiya jarayonida almashinuvchi allofon sifatida
faqat chegaralangan tovushlar qatnashadi. Ular ko‘proq
m, p, s allofonlari
hisoblanadi. Bu sanoqli allofonlar son-sanoqsiz tovush yoki tovush kompleksi
o‘rnida kela oladi. Shuning uchun reduplikatsiya modelini hosil qiladi.
Yuqorida bayon etilganlardan shu narsa anglashiladiki, faqat forfemalar
qurshovidagi tovush almashinuvlar, ya’ni bir umumiy morfemaning turli
allofonlarini
yuzaga
chiqarishga
xizmat
qiluvchi
almashinuvlargina
morfonologiyaning o‘rganish ob’ekti bo‘ladi.
1
Грамматика современного башкирдского литературного языка. – М., 1981. – С.86.