mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan tilning eng kichik tovush birligi.
Fonemalar haqidagi ta’limot fonologiyadir. Fonologiya ma’lum bir tildagi
fonemalar sistemasini, ularning farqlash belgilarini o‘rganadi.
Fonema termini hozirgi tilshunoslikda qat’iy
o‘rin olgan bo‘lsa-da, ammo
uning maqomi masalasida xilma-xil qarashlar bor.
Fonema tilning eng kichik
tovush birligi ekani haqidagi dastlabki ma’lumot I.A.Boduen de Kurtenega
mansubdir. Lekin bungacha Sharq tilshunosligida,
garchi fonema termini bilan
nomlanmagan bo‘lsa ham, lekin ma’no farqlash uchun xizmat qiladigai eng kichik
tovush tipi haqidagi tushuncha mavjud edi. Hind tilshunoslari, turkiyshunoslar,
xususan, Mahmud Koshg‘ariy,
Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlar
tovushning ma’no farqlash tomoniga katta ahamiyat berganlar.
Fonema termini tilshunoslikka Boduen tomonidan kiritildi. Boduen 1870
yildagi «XIX asrgacha bo‘lgan qadimgi polyak tili haqida» nomli magistrlik
dissertatsiyasida fonema haqida fikr yuritadi va uni etimologik-morfologik
birlik
sifatida talqin etadi.
Boduen de Kurtenening fonema haqidagi mazkur konsepsiyasi ayni shu holda
uning shogirdi N.V.Krushevskiy tomonidan rivojlantirildi. I.A.Boduen de
Kurtenening fonema haqidagi tushunchasi o‘zgarib bordi. Xususan, «Slavyan
tillari qiyosiy grammatikasining ayrim bo‘limlari» (1981) asarida fonemani, bir
tomondan, «so‘zning fonetik bo‘linmas qismi» hisoblasa,
iikinchi tomondan,
morfemalar tarkibidagi tovush o‘zgarish qonuniyatlarini hisobga olgan holda
boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan tovushlarginamas,
balki morfema yoki
so‘zning tarkibida bo‘lakka ajralmaydigan bir butun holdagi ikki va undan ortiq
tovushlar ham fonema bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Masalan,
vraщat, vorotit
so‘zlaridagi
«ra»
va
«oro»
tovushlari bir morfema doirasida bir butun holda
almashinadi. Bu bilan u fonemaga
fonetik birlik sifatida emas, balki etimologik
birlik sifatida qarashini namoyish etdi.
Shu bilan birga, xuddi shu yerning o‘zida fonemaning
quyidagi ikki farqli
tomoni borligini ham ko‘rsatadi: 1) antropofonik (ya’ni akustik-artikulyatsion)
xususiyatlarning oddiy umumlashmasi, morfemaning harakatlanuvchi komponenti
va ma’lum morfologik kategoriya belgisi. Shunday qilib, Boduen de Kurtene
fonemaning morfologik aspektdan farq qiladigan
antropofonik aspekti ham
borligini e’tirof etdi.
Keyinchalik esa u o‘zining fonema haqidagi tushunchasini o‘zgartirdi va unga
psixologik nuqtai nazardan yondashdi. Xususan, «Tilshunoslikka kirish» (1917)
asarida «inson psixikasidagi tovush haqidagi tasavvur» fonema hisoblanadi.
Hozirgi kunda Rossiyada ikki fonologik maktab mavjud. Har ikki maktab
vakillari Boduen de Kurtenening fonologik qarashlarini rivojlantirmoqda.
Dostları ilə paylaş: